Tej Bahodur Sapru

Tej Bahadur Sapru
Ser Tej Bahodur Sapru
Tavalludi 1875-yil 8-dekabr
Hindiston, Uttar-Pradesh shati, Aligarx shahri
Vafoti 1949-yil 20-yanvar
Hindiston, Allohobod shahri
Fuqaroligi Hindiston uqarosi
Kasbi

Dastlab Ollohobod Oliy sudida advokat, Keyinchalik Banaras Hindu universiteti dekani

Hindiston Liberal partiyasi siyosiy rahbari
Faoliyat yillari 1930—1949-yillar
Partiyasi Hindisiton Liperal Partiyasi
Bolalari

O`g`illari: Prakash Narain Sapru, Trijugi Narain Sapru Anand Narain Sapru

Qizlari: Jagdambashvari Bhuvaneshvari
Otasi Ambika Prasad Sapru
Onasi Gaura Sapru

Ser Tej Bahodur Sapru (1875-yil 8-dekabr — 1949-yil 20-yanvar) hindistonlik ozodlik kurashchisi, huquqshunos va siyosatchi. U Hindistonning mustaqillik uchun kurashida asosiy shaxs boʻlib, Hindiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishda yordam bergan. U Britaniya hukmronligidagi Hindistonda Liberal partiyaning yetakchisi edi. 

Tej Bahodur Sapru Birlashgan provinsiyalarning (hozirgi Uttar-Pradesh shtati) Aligarx shahrida tugʻilgan. U kashmirlik pandit oilasida tugʻilgan[1]. Keyin Agra kollejida tahsil olgan. Sapru Ollohobod Oliy sudida advokat boʻlib ishlagan, bu yerda boʻlajak millatchi lider Purushottam Das Tandon uning kichig yordamchisi boʻlib ishlagan. Keyinchalik Banaras Hindu universiteti dekani lavozimida ishlagan. 1930-yil 13-dekabrda Sapru Oʻrta ibdatxonaga qabul qilindi, lekin 1932-yil 14-yanvarda bu yerdan chiqib ketdi[2].

Siyosatdagi hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sapru Birlashgan viloyatlar Qonunchilik Kengashi(1913—16) va Imperator Qonunchilik Kengashi (1916—20) va Vikeroy Kengashining (1920—23) huquq masalalari boʻyicha aʼzolaridan biri boʻlgan. Sapru va hind liberallari Britaniya hukmronligiga qarshi zoʻravonliksiz fuqarolik itoatsizligini (satyagraxi) olib chiqqan Mahatma Gandi koʻtarilganidan keyin Kongress bilan hamkorlik qilishga oʻtganlar. Sapru (1920—22)gacha hamkorlik qilmaslik harakatini qoʻllab- quvvatlagan. U 1923-yil Qirolning tugʻilgan kuni roʻyxatida Hindiston yulduzi ordeni (KCSI) ritsar qoʻmondoni unvoniga sazovor boʻlgan.

1927-yildayoq Sapru Hindiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqish uchun butun partiya konferensiyasini tashkil qildi. 1928-yilda u Neru qoʻmitasiga Konstitutsiyaviy islohotlar toʻgʻrisidagi hisobotini ishlab chiqishda yordam berdi. Bu hisobotlar keyinchalik Hindiston Konstitutsiyasi evolyutsiyasi bilan bogʻliq eng muhim hujjat sifatida tan olingan.

Dastlab Hindistonning eng yirik siyosiy partiyasi boʻlgan Hindiston Milliy Kongressining aʼzosi boʻlsa ham, keyinchalik Sapru Hindiston Liberal partiyasiga qoʻshilish uchun uni tark etdi. U Svarajni (Oʻz-oʻzini boshqarish) va Britaniya mustamlakachiligiga qarshi fuqarolik boʻysunmasligini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa-da, konstitutsiyachi sifatida Sapru Britaniya hukumati bilan muloqot orqali hindlarning koʻproq siyosiy huquq va erkinliklarga erishishini ham qoʻllab-quvvatladi. Masalan, 1930-yil 28-fevralda u Britaniya Hindistoni doimiy qoʻmitasi va vazir maslahatchilari tomonidan uyushtirilgan kechki ovqatda qatnashdi.

Sapru 1930-yil 17-noyabrda Butun Hindiston Federatsiyasi konstitutsiyaviy munosabatlarini qoʻllab-quvvatladi. Garchi bu oʻzgarishlar taʼsiridan bexabar boʻlsa-da, Sapru fuqarolik itoatsizligi harakatlariga qarshi suhbatlar uchun Gandi va Neruni qidirdi. U Neruning Britaniyaning armiya ustidan nazorati va moliyaviy kafolatlari haqida tanqid qilishidan tashqari muvaffaqiyatga erisha olmadi. Biroq, ular Bhopal va Bikanerda koʻproq muvaffaqiyatga erishdilar, Oud va Birlashgan viloyatlarda ittifoqchilar bilan Markaz partiyasini tashkil etishni taklif qilishdi. Ikkinchi davra stoli konferensiyasi boshlanganda ular kuchliroq mavqega ega emas edilar.

Sapru va boshqa liberal siyosatchilar muloqot orqali mustaqillikka erishmoqchi boʻlib, inglizlar tomonidan tashkil etilgan markaziy va viloyat qonun chiqaruvchi organlarida ishtirok etishdi. Koʻpgina Kongress siyosatchilari Sapruni taniqli huquqshunos sifatida hurmat qilishdi, chunki u qimmatli va samarali vositachi edi. Sapru hindlarga koʻproq avtonomiya berish boʻyicha rejalarni ishlab chiqishga intilgan davra suhbatlarida (1931-33) hind liberallarining vakili sifatida saylangan[3]. U 1934-yil 26-fevralda Xususiy Kengash aʼzosi etib tayinlandi.

Sapru 1939-yilda Hindistonni Ikkinchi Jahon urushiga olib kirish toʻgʻrisidagi Vikeroy qarorini hatto Kongress ushbuqarorni bir tomonlama deb tanqid qilgani va Hindiston xalqi vakillari bilan maslahatlashmasdan qabul qilinganiga qaramay qoʻllab-quvvatladi. Sapru, shuningdek, urush paytida Yaponiya imperatori yordami bilan millatchi lider Subhas Chandra Bose tomonidan tarbiyalangan isyonchi Hindiston milliy armiyasining asirga olingan askarlarini himoya qilish va Hindistondan chiqish harakati (1942-46) bilan shugʻullanadigan asosiy advokatlardan biri edi. 

Sapru qoʻmitasi hisoboti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1944-yilda partiyasiz konferensiyaning doimiy qoʻmitasi Hindistondagi kommunal boʻlinish masalalarini hisobga olgan holda konstitutsiyaviy tamoyillar boʻyicha tavsiyalar beradigan qoʻmita shakllantirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Sapru qoʻmitaga rahbarlik qilishi va uning hisobotini tayyorlashda ishtirok etish uchun turli jamoalar vakillarini tayinlashi lozimligi taklif qilindi[4]. „Sapru qoʻmitasining konstitutsiyaviy takliflari“ deb nomlangan ushbu hisoboti odatda Sapru qoʻmitasi hisoboti sifatida tanildi va Hindistonning boshqaruvi va siyosatiga taalluqli konstitutsiyaviy masalalar boʻyicha 21 ta tavsiyani oʻz ichiga oldi[5].

Hisobot oʻz ichiga olgan tavsiyalar asoslarining batafsil tavsifi bilan birga nashr etilgan va qoʻmita aʼzolarining bir qator norozilik eslatmalarini, shuningdek, qoʻmita va BR Ambedkar, Gandi va kabi siyosiy arboblar oʻrtasidagi muhokamalarga oid yozishmalar tafsilotlarini ham oʻz ichiga olgan[4]. Sapru qoʻmitasi hisoboti Hindiston subkontinentini Hindiston va Pokistonning ikki davlatiga boʻlish taklifini rad etdi va birlashgan davlatda ozchilik millatlarni himoya qilish boʻyicha bir qator tavsiyalar berdi[4]. Hisobot nashr etilganda unchalik ahamiyat berilmagan yoki eʼtiborga olinmagan boʻlsa-da, Hindiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishda Hindiston Taʼsis Assambleyasi tomonidan bir necha bor ushbu bayonotga havola qilingan[6][7].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sapru zamindor Ambika Prasad Sapru va uning rafiqasi Gaura Sapruning (née Hukku) yagona oʻgʻli edi. Sapruning onasi Gaura Niranjan Hukkuning singlisi edi, uning qizi Uma Javoharlal Neruning birinchi amakivachchasi Shyamlal Neruga uylangan edi. Sapru, shuningdek, 1930-yillarda alohida Pokiston gʻoyasini shakllantirganlar orasida boʻlgan Pokiston xalq shoiri va musulmon mafkurachisi Allama Iqbolning sakkizinchi amakivachchasi edi[8].

Sapru va uning rafiqasi besh farzandning ota-onasi edi. Ularning uchta oʻgʻli boʻlib, Prakash Narain Sapru, Trijugi Narain Sapru va Anand Narain Sapru edi. ualrning qizlarining ismlari Jagdambashvari va Bhuvaneshvari edi. Sapru British Oxygen va ITC Limited kompaniyalarining sobiq raisi Jagdish Narain Sapruning bobosidir. 

Ser Tej Bahodur Sapru 1949-yil 20-yanvarda, Hindiston mustaqillikka erishganidan oʻn yetti oy oʻtib Ollohobodda vafot etdi.

  1. Mohan Kumar. Sir Tej Bahadur Sapru: a political biography. Vipul Prakashan, 1981. Qaraldi: 25-mart 2007-yil. „Even now there are many distinguished scholars of Persian among the Kashmiri Brahmins in India. Sir Tej Bahadur Sapru and Raja Narendranath to mention two of them.“ 
  2. Sturgess, H.A.C. (1949). Register of Admissions to the Honourable Society of the Middle Temple. Butterworth & Co. (Publishers) Ltd.: Temple Bar. Vol. 3, p.927.
  3. Report of the Joint Committee on Indian Constitutional Reform (session 1933-4), vol.1, pt.1 (London, 1934); Nanda, p.144.
  4. 4,0 4,1 4,2 Sapru, Tej Bahadur. Constitutional Proposals of the Sapru Committee. Bombay: Padma Publications, 1945. 
  5. „Sapru Committee Report (Sir Tej Bahadur Sapru, 1945)“. constitutionofindia.net. Center for Law and Policy Research. Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
  6. Constituent Assembly of India „'Chairman's Inaugural Address'“, . Constituent Assembly Of India Debates (Proceedings). New Delhi: Lok Sabha Secretariat, Government of India, 1946. 
  7. Constituent Assembly of India, 1956 „'Speech by M. Ananthasayanam Ayyangar (29-iyul 1947-yil)'“, . Constituent Assembly of India Debates (Proceedings). New Delhi: Lok Sabha Secretariat. 
  8. Ahmad. „Iqbal's Brahmin Cousins“ (en). Medium (2-fevral 2018-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.