Toby Price

Toby Price
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Avstraliya
Tavallud sanasi 18-avgust 1987-yil (1987-08-18) (37 yosh)
Yangi Shimoliy Wales, Avstraliya

Toby Joseph Price — avstraliyalik yoʻltanlamas va enduro mototsikl poygasi boʻyicha jahon chempioni. Toby Kvinslend shtatining Gold Coast shahrida istiqomat qiladi. 2015-yil oktyabrigacha KTM Off-Road Racing Team[1][2] sharafini himoya qilgan. Hozirda u Red Bull Factory KTM Rally jamoasi vakili hisoblanadi[3].

Havaskor faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Motorsportni yaxshi koʻradigan oilada oʻsgan boʻlib 2 yoshida[4] mototsikl minishni boshlagan va toʻrt yoshida poygalarda gʻalaba qozona boshlagan[5]. Uning otasi Jon Prays sobiq avstraliya chempioni hisoblanadi[5]. Rotoda, keyin esa Xilstonda yashovchi oʻsmir sifatida Prays 1994-yildan 2003-yilgacha Yangi Janubiy Uels va Avstraliya oʻsmirlar unvonlarini qisqa vaqt ichida qoʻlga kiritgan. 

2003-yilda Prays oʻsmirlar oʻrtasidagi motokross boʻyicha Avstraliya chempionatida ikkita yuqori divizionda gʻolib boʻlgan. Ushbu yuqori oʻrinlarni 15-yosh 125cc toifasi va 13-16-yosh 250cc 4 gʻildiraklili motokross musobaqalarda qozongan[6]

Professional faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004—2008-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prays oʻzining professional faoliyatini Avstraliyada 2004-yilda 16 yoshida boshlagan. 2003-yilda Avstraliyaning ikkita oʻsmirlik chempionligini qoʻlga kiritganidan soʻng, u Avstraliyaning Kawasaki kompaniyasi bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan va keyin Xilstondan Singltonga koʻchib oʻtishiga toʻgʻri kelgan. Ushbu mavsumdagi jarohatlar uni koʻp vaqt davomida musobaqalarda qatnashish imkoniyatidan mahrum qilgan.

Kavasaki shahafini himoya qilib, sportchi musobaqaning birinchi yilida Avstraliya off-road chempionatida gʻolib boʻlgan. U Avstraliyaning Dirt Bike jurnali tomonidan yilning eng yaxshi kalxati unvoniga sazovor boʻlgan[7].

2022-yilgi Dakar rallisida umumiy natijga koʻra 10-o‘rinni egallab, 10-bosqichda g‘alaba qozongan[8].

Faoliyat natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2009-yilgi Avstraliya off-road chempionati (AORC)
  • 2010-yil Finke choʻl poygasi
  • 2010-yil Hattah choʻl poygasi
  • 2010-yil Avstraliya 4 kunlik Enduro (A4DE)
  • 2010-yilgi Avstraliya off-road chempionati (AORC)
  • 2011-yil Hattah choʻl poygasi
  • 2011-yilgi Avstraliya 4 kunlik Enduro musobaqasi (A4DE)
  • 2012-yil Finke choʻl poygasi
  • 2012-yil Hattah choʻl poygasi
  • 2012-yilgi Avstraliya off-road chempionati (AORC)
  • 2014-yil Finke choʻl poygasi
  • 2014-yil Hattah choʻl poygasi
  • 2014-yilgi Avstraliya off-road chempionati (AORC)
  • 2014-yilgi Xalqaro olti kunlik Enduro musobaqasi (ISDE) E3
  • 2014-yilgi „A Day in Dirt Motocross Gran Prix“
  • 2015-yil Finke choʻl poygasi
  • 2015-yil Hattah choʻl poygasi
  • 2015-yilgi Avstraliya off-road chempionati (AORC)
  • 2016-yilgi Dakar rallisi
  • 2016-yilgi Abu-Dabi choʻl tanlovi
  • 2016-yil Finke choʻl poygasi
  • 2016-yil Rallye OiLibya du Maroc
  • 2018-yilgi Finke choʻl poygasi
  • 2018-Rallye OiLibya du Maroc
  • 2018-FIM kross-rossiya rallilari boʻyicha jahon chempionati
  • 2019-yil Dakar Rallisi
  • 2021-yil Finke cho‘li poygasi (avtomobillar)
  • 2022-yil Finke cho‘li poygasi (avtomobillar)

Dakar rallisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Yoʻnalishi Transport vositasi Turnirdagi oʻrni Oraliq bosqichlardagi gʻalabalari
2015-yil Mototsikl AvstriyaKTM 3 1
2016-yil 1 5
2017-yil Chetlatilgan 1
2018-yil 3 2
2019-yil 1 1
2020-yil 3 2
2021-yil Chetlatilgan 2
2022-yil 10 1
  1. „KTM Racing Team – Riders“. www.ktm.com.au. 2013-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-noyabr.
  2. „MEDAL (OAM) OF THE ORDER OF AUSTRALIA IN THE GENERAL DIVISION“. www.gg.gov.au. Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  3. „Toby Price has achieved a 'Dream Come True' contract with the KTM Factory Red Bull Rally Racing Team“. www.tp87.com.au. 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-iyul.
  4. „Toby Price Motorex KTM Off-Road official Facebook page“. www.facebook.com. Qaraldi: 2011-yil 25-noyabr.
  5. 5,0 5,1 „Motorbike champ lives the dream“. huntervalleynews.yourguide.com.au. 2012-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-avgust.
  6. „2003 Australian Junior MX Championships Review“. www.fullnoise.com.au. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-avgust.
  7. „ADB Awards Recognise Australian Racers“. www.racerxonline.com. Qaraldi: 2011-yil 3-avgust.
  8. „Tracking Dakar 2022“. live.worldrallyraidchampionship.com. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.