Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Tom Boere | ||
Tavallud sanasi | 24-noyabr 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Breda, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Cambuur | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1997—1999 | VV Terneuzen | ||
1999—2006 | Gent | ||
2006—2011 | Ajax | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2014 | Gent | 3 | (0) |
2013—2014 | → Hoogstraten (ijara) | 21 | (6) |
2014—2016 | Eindhoven | 50 | (12) |
2016—2017 | FC Oss | 38 | (33) |
2017—2019 | Twente | 63 | (21) |
2019—2020 | KFC Uerdingen 05 | 21 | (9) |
2020—2021 | Türkgücü München | 9 | (2) |
2021—2021 | SV Meppen | 19 | (2) |
2021- | Cambuur | 22 | (6) |
Milliy terma jamoa | |||
2009 | Niderlandiya U17 | 3 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (5-iyul uchun) |
Tom Boere (talaffuzi: Tom Bore; 1992-yil 24-noyabrda tugʻilgan) — niderlandiyalik professional futbolchi, Eredivisiedagi „Cambuur“ klubi hujumchisi[1].
Niderlandiyaning Breda shahrida tugʻilgan Tom Boere Terneuzenda[2] oʻsgan va futbolchilik faoliyatini Belgiyaning Gent shahrida boshlagan, KAA Gent yoshlar jamoalarida hujumchi sifatida oʻynagan. Jong Ajax jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan Boere 2011—2012-yilgi mavsumda 2011-yil 10-noyabrda Deventerning Go Ahead Eagles jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida „Ajax“ safida debyutini va yagona oʻyinini oʻtkazdii. Qishki transfer oynasida tekin transfer sifatida Gentga oʻtdi[3][4].
Boere 2011—2012-yilgi qishki transfer oynasida Gentga qaytdi. Belgiyadagi debyutida 2012-yil 21-yanvarda „Zulte Waregem“ga qarshi uchrashuvida 86-daqiqada Rafinhaning oʻrniga maydonga tushdi, oʻyin 0:0 hisobida yakunland[5]. 2013—2014-yilgi mavsumda Belgiya ikkinchi divizionida „Hoogstraten“ jamoasida ijara asosida oʻynadi.
2014-yil iyun oyida Boere Niderlandiyaning Eerste Divizioni FC Eindhoven bilan uch yillik shartnoma imzoladi[6]. 2016-yilning yozida FC Ossga koʻchib oʻtdi[7]. Klubda 38 oʻyinda 33 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va 2016—2017-yilgi mavsumda Eerste Divisie Oltin butsasini qoʻlga kiritdi[8].
"Turkgücü Myunxen" sarmoyadori Hasan Kivran 2020-yil dekabr oyi oxirida oʻz safini tark etishini eʼlon qilgan va shu tariqa klub kelajagini noaniqlikda qoldirganidan soʻng[9], 28 yoshli Boere 2021-yil yanvar oyi boshida SV Meppenga oʻtdi. Jamoa bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi[10]. Klubdagi debyutini 9-yanvar kuni 1. FC Saarbrücken ga qarshi 1:0 hisobidagi gʻalabada oʻtkazdi[11]. 19-fevral kuni Boere klubdagi birinchi golini urdi va jamoa Hallescher FC ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[12].
Twente