Tom Preston-Werner | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
6-may 1979-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Kompyuter dasturchisi, tadbirkor |
Faoliyat yillari | 2008-2014 |
Turmush oʻrtogʻi | Chris Wanstrath |
Veb-sayti | tom.preston-werner.com |
Thomas Preston-Werner (1979-yil, 27-mayda tugʻilgan) – AQShlik milliarder, dasturchi va tadbirkor. 2008-yilda Chris Wanstrath va P. J. Hyett bilan hamkorlikda Githubga asos solgani va kompaniyaning bosh direktori boʻlganligi bilan tanilgan[1]. GitHubdan 2014-yilda, ichki tekshiruv xulosasiga koʻra bir xodimni tahqirlaganlikda ayblanganligi sababli isteʼfoga chiqqan. Preston-Werner Gravatar xizmatining ham asoschisi hisoblanadi[2].
Preston-Werner Iowa shtatidagi Dubuque shahrida voyaga yetgan. Otasi bolaligida vafot etgan. Onasi oʻqituvchi, oʻgay otasi esa muhandis boʻlib ishlagan[3].
Oʻrta maktabni Dubuque Senior High Schoolda tamomlagan va Kaliforniyaning Claremont shahridagi Harvey Mudd kollejiga qabul qilingan. 2 yildan soʻng esa oʻqishni tashlagan[3].
2004-yilda Presten-Werner Gravatar kompaniyasiga asos solgan va uni 2007-yilda Automattic kompaniyasiga sotib yuborgan[4].
Preston-Werner 2008-yilda Chris Wanstrath, P. J. Hyett va Scott Chacon bilan birgalikda kodni almashish va hamkorlikda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi bulutli texnologiyaga asoslangan xizmat, GitHubga asos solgan[5].
GitHub dasturchisi Julie Ann Horvath 2014-yil mart oyida Tom Preston-Werner va uning rafiqasi Theresa unga nisbatan tazyiq oʻtkazishgani va bu uning kompaniyani tark etishiga sabab boʻlganini daʼvo qilgan[6][7]. GitHub maʼmuriyati dastlab Horvathning ayblovlarini rad etgan[8][9][10], biroq, oʻtkazilgan ichki tekshiruvlardan soʻng ayblovlarning baʼzilarini tasdiqlagan va Presten-Werner isteʼfoga chiqqan. GitHubning yangi bosh direktori Chris Wanstrathning taʼkidlashicha, tergov Tom Preston-Wernerning GitHub bosh direktori sifatida nomunosib harakat qilgani, jumladan, ichki ziddiyatlar, ish joyidagi shikoyatlarga eʼtibor bermaganligi va turmush oʻrtogʻi idorada ishlamasligi kerakligi haqidagi kelishuvga rioya qilmaganini aniqladi[11].
GitHubdan isteʼfoga chiqqanidan soʻng Preston-Werner kompaniyadagi ulushlarini Microsoftga sotdi[12]. Sobiq GitHub asoschilari va rahbarlaridan iborat jamoa bilan birga Preston-Werner til oʻrganish uchun dastur Chatterbugga asos solgan[13].