Tugʻilgan vaqti |
15-mart 1986 (37 yosh) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Fuqaroligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi |
183 sm | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiya | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jamoa haqida maʼlumot | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klub | ![]() | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqami |
33 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Tomislav Pajovich (serbcha: Томислав Пајовић; 1986-yil 15-mart; Uzice, Yugoslaviya) – serb futbolchisi va himoyachisi.
Faoliyatining dastlabki yillarida Belgrad shahrining „Partizan“ jamoasida oʻynagan. Tomislav asosiy jamoadagi raqobat tufayli „Teleoptik“, „Dinamo Vrane“ va „Bejaniya“ jamoalariga ijaraga berilgan. U Serbiyaning boshqa klublarida ham oʻynagan, ulardan eng mashhurlari Bejaniya, Cukaricki va Zemundir.
U shuningdek, Moldaviyaning „Sherif“, Isroilning „Hapoelt Beer Sheva“ va „Makkabi Rexolot“ klublarida, Vengriyaning „Vashash“, Chernogoriyaning „Buduchnost Podgoritsa“ klublarida oʻynagan. 2013-yilning fevralida Pajovich mavsum oxirigacha ijara asosida oʻzini sobiq jamoasi „Partizan“ klubiga qaytdi. U jamoaga liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam berdi va bu jarayonda 12 ta oʻyinda maydonda harakat qildi[1]. Bir mavsumga „Hapoel Beer Sheva“ ga ijaraga berilganidan soʻng, Pajovich 2014-yilning iyun oyida doimiy ravishda Isroil jamoasi bilan shartnoma imzoladi[2]. Chet eldagi bir necha yillik mavsumidan soʻng, Pajovich 2017-yil boshida Rad jamoasiga qaytib keldi va u yerda 2016/17-yilgi Serbiya Superligasi mavsumi oxirigacha qoldi. Keyinchalik, kalendar yili oxirigacha u „Zemun“ jamoasida oʻynadi. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartmoa imzoladi[3]. Navbahor jamoasida safida bir mavsum davomida toʻp surib[4], jamoanining 16 yildan sovrindorlar qatoridan oʻrin olishida muhim rol oʻynadi yakunda bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Mavsum yakunida jamoa bilan doʻstona xayrlashib[5], Serbiyaning Radnik jamoa safiga oʻtdi.
2000-yillar boshida Serbiya va Chernogoriya yoshlar terma jamoasining bir necha bosqichida oʻynagan. 2008-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasida ham bitta oʻyin oʻtkazgan[6].