Toros kurbağası | |
---|---|
![]() | |
Ilmiy tasniflash![]() | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Amfibiyalar |
Oila: | Baqalar |
Binar nomi | |
Rana holtzi |
Toros qurbaqasi (Rana holtzi), Ranidae oilasiga mansub, oʻrtacha uzunligi 6. 7,5 sm boʻlgan qurbaqa. Rana holtzi Turkiyadagi endemik qurbaqa turi[1]. Bundan tashqari, ovoz chiqarmaydigan yagona qurbaqa turi — bu toros qurbaqasi[2]. Markaziy Toros togʻlaridagi Bolkar togʻlarida faqat Ciniligʻ (2600 m.) va Karagʻol (2500 m.)da yashashi aniqlangan[3].
Tashqi tuzilishi orqa tarafdan sariq, yashil va qora naqshli, qorni esa pushti yoki sargʻish. Ularning asosiy ozuqasi koʻl boʻyidagi oʻtloqlarda yashaydigan hasharotlar va boshqa artropodlardir. 1990-yillarda Toros qurbaqasi koʻpayadigan koʻllarga oynali sazan baliqlari kiritilganligi sababli u yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida qolgan edi[4].
Toros qurbaqalarining yashash joyi juda kam, shuning uchun ularning yoʻq boʻlib ketishi xavf ostida[5].
2007-yil oktyabr oyida Nigʻde viloyati atrof-muhit va oʻrmon xoʻjaligi direktori Metin Süzgec, toros qurbaqalari sonining sezilarli darajada koʻpayishini kuzatganliklarini eʼlon qildi[6].
Dastlab, Toros qurbaqasi 1984-yilda tabiatdagi tirik mavjudotlarni va ular yashaydigan muhitni himoya qilish uchun tashkil etilgan Xalqaro BERN konventsiyasi bilan himoyalangan[7]. 1999-yildan beri bu qurbaqalar Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vazirligi, Nigʻde gubernatorligi va Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari tomonidan himoya ostiga olingan. Maden-Der nomli qurbaqalarni himoya qilish uyushmasi Nigʻdening Ulukishla shahridagi Maden qishlogʻida tashkil etilgan. Nigʻde gubernatorligi bu hududda sayr qilishni va hatto Karagʻoldan suv olishni taqiqladi. Oʻtgan yili Nigʻde gubernatorligi atrof-muhitni muhofaza qilish kengashi Bolkar togʻlarini maxsus himoya hududi deb eʼlon qildi.
Tana uzunligi 1-7,5 sm. Toros qurbaqalarining terisi yumshoq, silliq va nozik. Ularning bosh tomonida aniq temporal chiziqlar mavjud. Erkaklar ichki ovoz qopiga ega boʻlgani uchun ular oddiy qurbaqalar kabi ovoz chiqarmaydi. Ularning orqa qismidagi ranglar sargʻish, toʻq yashil yoki sargʻish pushti. Qorin boʻshligʻi odatda dogʻsiz boʻlib, pushti, sariq va kamdan-kam kulrang boʻlishi mumkin[8].
Toros qurbaqalari atrofi oʻtloqli boʻlgam togʻ koʻllarida yashaydi. Ular suvdan chiqishi kamdan-kam hollarda kuzatilgan[8]. Bu qurbaqa turi nisbatan salqin hududlarga moslashgan[3].
Toros qurbaqasi oʻzi yashaydigan Cinigʻol va Karagʻolning balandligi tufayli qisqa muddatli faol hayot kechiradi. Bu davrlarda ular koʻlni oʻrab turgan oʻtloqlarda yashovchi hasharotlar bilan oziqlanadilar. Oziqlanish uchun oʻtloqda hasharotlarni topish uchun ular baʼzan suvdan 30-40 m uzoqqa boradilar. Koʻl atrofida olib borilgan tadqiqotlarda, boshqa hududlarga nisbatan oʻsimlik turlari yaxshi rivojlangan qismlarda koʻproq qurbaqa namunalari aniqlangan. Shu sababli, koʻl yaqinidagi oʻtloqlar va oʻsimlik turlarining yaxshi rivojlanishi u yerda Toros qurbaqasining omon qolishi uchun katta ahamiyatga ega.
Koʻpayish mavsumi may oyining oxiridan oktyabrgacha taxminan 4 oy davom etadi. Bu 4 oylik davrda Toros qurbaqasi juftlashib, tuxum qoʻyishi kerak. Mavsum oxiriga kelib, itbaliqlar dumlarini yoʻqotib, kichik qurbaqalarga aylanishi kerak.
Toros qurbaqasi (Rana holtzi) faqat Turkiyaning Nigʻde viloyati Ulukishla tumani chegarasidagi Toros togʻlarida dengiz sathidan 2560 metr balandlikdagi Eğrigʻol, Karagʻol va Çiniligʻlda yashaydi[8]. Karagʻol — tektonik koʻl boʻlib, uning maydoni taxminan 60 gektar, eng chuqur joyi 12 metr.