![]() | |
Milliy oshxona | AQSh |
---|---|
Asl nomi | (ingl.) |
Kelib chiqishi | AQSh |
Muallifi | Lagasi |
Yaratilgan yili | XX asr boshlanishida |
Asosiy komponentlari | tovuq, brokkoli, Morne sousi |
Tovuqli divan (inglizcha: Chicken Divan, odatda brokkoli va Morna sousi bilan birga tortiluvchi tovuq goʻshtli zapekankasi hisoblanadi. U ixtiro qilingan joyi — Nyu-Yorkdagi „Chatham Hotel“ning Divan Parisien restorani sharafiga nomlangan boʻlib, XX asr boshlarida u yerdagi mashhur taom boʻlib xizmat qilgan[1]. Lagasi ismli oshpaz mazkur taomning asoschisi hisoblangan[2].
Qaynatilgan yoki pishirilgan tovuq boʻlaklari pishloqli sousda blanshiralangan brokkoli bilan aralashtiriladi, soʻngra qolgan barcha masalliqlar uning topping qilinadi va pishirish uchun pechga yuboriladi. Taom odatda oddiy parmezan pishloqidan tayyorlanadi va oddiy amerikacha oshxonaning ajralmas qismi hisoblangan, amerikancha klassik zapekanga boʻlib qoladi[1][3]. Oldindan pishirilgan tovuq koʻkrak goʻshtkari, tayyorlangan mayonez va konservalangan shoʻrva yordamida „tezkor“ versiyasiga koʻra tayyorlanishi mumkin[4]. Baʼzi turlari kartoshkali chipslar bilan qoplangan boʻladi[5].
1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlariga kelib, oshpazlik kitoblarida koʻplab Tovuqli Divan retseptlari mavjud, ammo ularning asli shubhali, chunki haqiqiy retsept uzoq vaqt sir saqlangan. Bosh ofitsiant Divan Parisienning maslahatlariga asoslanib, taom qaynatilgan tovuq koʻkragi goʻshtlari, brokkoli va pishloqli beshamel yoki tuxum sarigʻi qoʻshilgan Morna sousidan tayyorlanadi[6].
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |