Tun Teja maqbarasi | |
---|---|
Makam Tun Teja | |
Hudud | Jasin tumani, Malakkashahri, Malayziya |
Tun Teja maqbarasi |
Tun Teja maqbarasi (malaycha: Makam Tun Teja) – Tun Teja sharafiga qurilgan maqbara, Malayziyaning Malakka shahridagi Jasin tumani Merlimau hududida joylashgan. U Malakkani 1458—1511-yillarda boshqargan Sulton Mahmudshohning turmush oʻrtogʻi Tun Teja Ratna Benggalaning dafn etilgan joyidir[1].
1511-yilda qirol oʻz qoʻshini bilan portugallarning bosqinidan qochib ketayotganida, Tun Teja Kampung Pengkalan Samakda dafn etilishidan oldin, Johorning Muar shahriga ketayotgan vaqtida vafot etgan deb hisoblaniladi[2].
Uning maqbarasi dala uchasrtkasining oʻrtasida joylashgan. Uning qabri oq rangga boʻyalgan, qabr toshi sariq matolar bilan qoplangan[3]. Qabrga kirish eshigidan oʻtuvchi arkali yoʻlak va baland daraxtlar bilan qoplangan uzun yoʻl orqali kirish mumkin.