TuxGuitar | |
TuxGuitar 1.3.1 dasturining skrinshoti | |
Muallif | Julian Gabriel Casadesus va boshqalar[1] |
---|---|
So‘nggi versiyasi | 1.4 / 11-fevral 2017-yil |
Operatsion tizim | Microsoft Windows, Mac OS X, Linux, FreeBSD |
Yozilgan til(lar)i | Java |
Janr | Nota tahrirlovchi |
Litsenziya | GNU Lesser General Public License (erkin) |
Vebsayt: | tuxguitar.pw |
TuxGuitar (talaffuzi: TaksGitar) — erkin va ochiq manbali tabulatura tahrirlovchi. Dastur yordamida tabulatura va partituralarni tahrir qilish hamda Guitar Pro (gp3, gp4 va gp5) fayllarni import va eksport qilish mumkin.[2] Bundan tashqari, TuxGuitardan sodda MIDI tahrirlovchi sifatida ham foydalanish mumkin.
Dasturning 1.0 va undan keyingi relizlari MIDI fayllarni import va eksport qila oladi. TuxGuitarning tumori (inglizcha: mascot) Tux (talaffuzi: Taks) dir. Bu pingvincha boshida Linux uchun tayyorlangan bir qancha oʻyin va dasturning ham tumoridir.
TuxGuitar Java dasturlash tilida yoziladi[3] va GNU Lesser General Public License litsenziyasining 2.1 versiyasi boʻyicha chiqariladi. TuxGuitar 1.2 2009-yil chiqarilgan.[4] Dasturning manba kodi 2015-yilgacha muntazam ravishda yangilanib kelgan boʻlsada, navbatdagi versiya (1.3.0 versiyasi)2016-yilning yanvarigacha chiqarilmadi.[5]
TuxGuitarda uchta koʻrinish (inglizcha: skin) mavjud. Bu koʻrinishlar quyida berilgan:
Nomi | Muallifi | Birinchi chiqishi | Tavsifi | |
---|---|---|---|---|
Lavender | Sascha | v0.1 | Sodda, lavanda rangidagi tema | |
Blue serious | Licnep | v0.1 | Moviy rangli jiddiyroq tema | |
Ersplus | Ersplus | v0.9 | Asosiy tema |
TuxGuitarda yana alohida tayyorlangan koʻrinishlarni ham ishlatish mumkin. 1.0 versiyaning sukut boʻyicha tanlangan koʻrinishi Lavenderdir.
Nota effektlari | |
---|---|
Arvoh notalar | Ishlaydi |
Urgʻu berilgan notalar | Faqat ogʻir yoki oddiy |
Garmonika | Faqat tabiiy, sunʼiy, urilgan (inglizcha: tapped), tortilgan (inglizcha: pinched) yoki yarim garmonik |
Dinamika | Nota partiturasida koʻrsatilmaydi |
Forshlaglar | Butun notaning 1/64 qismidan 1/16 qismigacha boʻlgan vaqtga cheklangan |
Tremolo | Butun notaning kami bilan 1/32, koʻpi bilan 1/8 qismigacha boʻlgan vaqtga cheklangan |
Qoʻshib ketish (inglizcha: slurs) | Ishlamaydi |
Hammer-on va pull-offlar | Qisman ishlaydi. (Dastur ularni farqlamaydi.) |
Portamento (inglizcha: slides) | Qisman ishlaydi |
Qator (dorojka) effektlari | |
Bir necha qator | Ishlaydi; koʻrish uchun View > Multitrack tugmalarini bosish kerak |
Bir necha ovoz | Ishlaydi, ammo bir qatorda koʻpi bilan ikkita ovoz boʻlishi mumkin |
Qaytarishlar | Ishlaydi, ammo faqat ochiq yoki yopiq taktlarni qaytarishga cheklangan |
Alternativ yakunlar | Ishlaydi, ammo MIDI faqat ilk ikki alternativ yakunlarni oʻqiydi. Ikkinchi yakun yopiq takrorlanishdan keyin keladigan taktdan yuqori boʻlishi kerak. Aks holda ikkinchi yakun birinchi alternativ yakun va takrorlash bilan bogʻlanmaydi. |
Qatordagi torlarning sonini oʻzgartirish va sozlash | Ishlaydi, ammo qoʻshilishi mumkin boʻlgan torlar soni yettidan oshmasligi va toʻrtdan oz boʻlmasligi kerak. Ularning balandligi 16.352Hz dan 15804.266Hz gacha boʻlishi mumkin. Hozirda turli xil uzunlikdagi kurslar, masalan besh torli banjo ishlatish mumkin emas. |
Qator nomlari | Ishlaydi |
Sheʼr | Ishlaydi |
Matn | Ishlaydi |
Akkordlar | Ishlaydi[6] |
Belgilar | Ishlaydi, ammo vaqt imzolariga va kalitlarga cheklangan. (Matn tahrirlovchi orqali belgilar oʻrniga ijro maʼlumoti bor matnlarni qoʻshish mumkin, ammo ularni MIDI ijrochi oʻqiy olmaydi. TuxGuitar ham ularni faqat matn sifatida koʻradi.) |
Fayl formati | Import qilish | Eksport qilish |
---|---|---|
TuxGuitar (.tg) | Ha | Ha |
Guitar Pro (.gtp) | Ha | Yoʻq |
Guitar Pro 3 (.gp3) | Ha | Ha |
Guitar Pro 4 (.gp4) | Ha | Ha |
Guitar Pro 5 (.gp5) | Ha | Ha |
Guitar Pro 6 (.gpx) | Ha | Yoʻq |
Power Tab (.ptb) | Ha | Yoʻq |
Tabledit (.tef) | Ha | Yoʻq |
GNU LilyPond (.ly) | Yoʻq | Ha |
MIDI (.mid) | Ha | Ha |
ASCII tab (.txt) | Yoʻq | Ha |
2014-yil mayda TuxGuitar CNET da 5 yulduzli shkalada 4 ballga ega edi.[7] Shu paytda dasturning Softpediadagi reytingi besh balli shkalada 3.4 edi.[8] Hozirda TuxGuitar SourceForge saytida 5 balli shakalada 4.8 ballga ega.[9] Software Review saytidagi tahrirchilar dasturning 1.0 versiyasiga 5 ball berishdi va uning „ishlatish juda oson interfeysini“ va „juda oliy funksiyalarini“ yuqori baholashdi.[2]
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()