Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Tyreece Tyson Nesbett Simpson[1] | ||
Tavallud sanasi | 7-fevral 2002-yil | ||
Tavallud joyi | Ipswich, Angliya | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Huddersfield Town | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2018—2019 | Ipswich Town | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019—2022 | Ipswich Town | 4 | (0) |
2021—2022 | → Swindon Town (ijara) | 25 | (9) |
2022 | Huddersfield Town | 0 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 1-sentyabr uchun) |
Tyreece Tyson Nesbett Simpson (talaffuzi: Tyreeke Tayson Nesbett Simpson) — angliyalik professional futbolchi. Tyreece Simpson „Huddersfield Town“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Tyreece Simpson 2018-yilda ikki yillik shartnoma asosida „Ipswich Town“ futbol klubi akademiyasiga qoʻshildi. U klubdagi ilk oʻyinini 2019-yil 3-sentabrda Portman Roadda boʻlib oʻtgan EFL Trophy guruh bosqichidagi oʻyinda „Tottenham Hotspur“ futbol klubining 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilari jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda oʻyinning ikkinchi boʻlimida zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan edi[2]. Tyreece Simpson 2020-yilning 29-fevralida Bloomfield Roadda „Blackpool“ futbol klubiga safarda 1:2 hisobida magʻlub boʻlib, ligadagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[3]. Tyreece Simpson klub bilan birinchi professional shartnomasini 2020-yilning 2-martida (yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) 2022-yilning yoziga qadar amal qiladigan ikki yillik shartnoma imzoladi[4].
2021-yil 31-iyulda Simpson „Swindon Town“ futbol klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. 2021-yil 28-avgustda Simpson „Mansfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) klub uchun birinchi golni urdi[5]. 2022-yil 23-yanvarda Simpson oʻttizta oʻyinda oʻn bir gol urgan holatda asosiy jamoa safiga mavsumiy ijara shartnomasidan chaqirildi[6].
2022-yil 1-sentabrda Tyreece Simpson EFL chempionati ishtirokchisi „Huddersfield Town“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[7].
Simpson yoshligida regbi bilan shugʻullangan, u Langley maktabi vakili boʻlgan. Shuningdek, Tyreece Simpson Buyuk Yarmouth va tuman atletika klubi vakili sifatida yengil atletika bilan shugʻullangan. 2018-yilning mart oyida Tyreece Simpsonga regbi ittifoqining „Leicester Tigers“ klubi professional shartnoma taklif qilgan, biroq u futboldagi faoliyatini davom ettirishi uchun bu taklifni rad etgan[8].
Klub | Mavsum | Boʻlim | Liga | Angliya kubogi | EFL kubogi | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | |||
Ipswich Town | 2019—2020 | Birinchi liga | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 |
2020—2021 | Birinchi liga | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | |
2021—2022 | Birinchi liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 7 | 0 | ||
Swindon Town (ijara) | 2021—2022 | Ikkinchi liga | 25 | 9 | 3 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | 30 | 11 |
Jami | 29 | 9 | 3 | 2 | 1 | 0 | 4 | 0 | 37 | 11 |