Ubayda ibn al-Horisning yurishi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Ubayda ibn Horis | Abu Sufyon | ||||||
Kuchlar | |||||||
60–80 | 200 |
Ubayda ibn al-Horisning yurishi milodiy 623-yilning aprel oyida Islom paygʻambari Muhammad Ubayda ibn Horisni 60 nafar qurolli muhojirlar (Madinaga kelgan musulmon muhojirlar) bilan hozirgi Saudiya Arabistonidagi Rabigʻ vodiysiga yuborganida sodir boʻlgan. Ular Abu Sufyon ibn Harb va 200 nafar qurolli chavandozlar himoyasida Suriyadan qaytayotgan Quraysh karvonini tutishlari kerak edi[1][2][3][4][5]. Musulmonlar boʻlinmasi Tanyat al-Murrada joylashgan quduqlar tomon[1] [4] yoʻl oladi, aynan oʻsha yerda Saʼd ibn Abu Vaqqos Qurayshga qarata oʻq uzadi. Bu esa tarixda Islomning birinchi oʻqi sifatida tanilgan[6][7]. Ushbu kutilmagan hujumga qaramay, qarshi taraf qilichlarini qinidan chiqarmaydi va har ikkala taraf ham bir-birlari tomon yaqinlashmaydi, shu sababli oʻrtada hech qanday jang boʻlmaydi[2][3][4]. Biroq ikki makkalik savdogar oʻz karvonini tark etib, musulmonlarga qoʻshiladilar va Islomni qabul qilib, Madinaga keladilar[8].
Baʼzi manbalarga koʻra, paygʻambar harbiy bayroqni ilk marotaba Ubayda ibn Horisga topshirgan deyilsa, boshqalar Hamza ibn Abdulmuttolib birinchi boʻlib bayroq koʻtargan deya maʼlumot beradi[2].
Baʼzi olimlarning taʼkidlashicha, Muhammad ushbu gʻazotni al-Abvoda boʻlgan vaqtida yoki al-Abvo bosqinidan Madinaga qaytganida yuborgan[9].