Umidjon Sharipov (tojikcha: Умедҷон Шарипов; 1992-yil 4-sentyabr; Tojikiston) — tojikistonlik futbolchi, yarim himoyachi. 2013-yildan Tojikiston terma jamoasida ham oʻynamoqda. Mamlakatining yoshlar terma jamoasida oʻynagan.
Umidjon Sharipov Qoʻrgʻontepadagi oʻsmirlar sport maktabida futbol boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik Qoʻrgʻontepaning „Vaxsh“ klubi yoshlar jamoasida oʻynay boshlagan. 2012-yilgacha ushbu klubda toʻp surgan va oʻsha yili Dushanbening „Istiqlol“ klubiga oʻtgan. 2016-yil boshiga qadar „Istiqlol“ da toʻp surgan, soʻngra Vaxshga qaytgan. 2017-yil boshida Oʻzbekistonning Muborak shahri „Mash’al“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[1].
2012-yildan buyon Tojikiston yoshlar terma jamoasida oʻynab kelmoqda. 2013-yilning avgust oyida Hindiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor Tojikiston terma jamoasiga chaqirilgan. Terma jamoa safida o'yinga tushgan, lekin maydonda oʻynamagan. 2014-yilda Sharipov ikki marta Estoniya va Belarus terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda oʻz mamlakati terma jamoasiga chaqirilgan boʻlsa-da, yana murabbiylar maydonga qoʻyib yuborilmagan va zaxirada qolgan. Terma jamoadagi debyutini 2015-yilning iyun oyida Bangladeshga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyingi yillarda muntazam ravishda Tojikiston terma jamoasiga chaqirilib turgan[2].