Vasishka (baqtriya tilida: BAZHÞKO Bazēško; oʻrta braxmi.Vā-si-ṣka, Vāsiṣka; Kharoshthi: 𐨬𐨗𐨿𐨱𐨅𐨮𐨿𐨐Va-jhe-ṣka, Vajheṣka[1]) milodiy 247—265-yillarda hukmronlik qilgan Kushon imperatori boʻlib, Kanishka IIdan keyin qisqa hukmronlik qilgan.
Panjob hududidagi yozuvlar, shuningdek, Mathura (Isapur yozuvi) hududida topilgan yozuvlar Vasishka hukmronligi davri haqida muhim manbalar hisoblanadi[2]. Uning hukmronligi janubda Sanchigacha yetgan boʻlib, u yerda uning nomi bilan bogʻliq yozuvlar topilgan. Sanchi yozuvida yozilgan manbada uning hukmronligi 22 yil davom etgan deb qayd etilgan.
Sanchida Vasishka ismi qayd etilgan bir nechta haykallar va haykal parchalari topilgan[3]. Ulardan biri oʻtirgan Bodxisattva haykali hisoblanadi. Haykal Vasishkaning 28-yilgi hukmronligiga tegishli[4].
Panjob hududidagi yozuvlar, shuningdek, Mathura (Isapur yozuvi) hududida topilgan yozuvlar Vasishka hukmronligi davri haqida muhim manbalar hisoblanadi[6]. Uning hukmronligi janubda Sanchigacha yetgan boʻlib, u yerda uning nomi bilan bogʻliq yozuvlar topilgan. Sanchi yozuvida yozilgan manbada uning hukmronligi 22 yil davom etgan deb qayd etilgan.
Sanchida Vasishka ismi qayd etilgan bir nechta haykallar va haykal parchalari topilgan[7]. Ulardan biri oʻtirgan Bodxisattva haykali hisoblanadi. Haykal Vasishkaning 28-yilgi hukmronligiga tegishli[8].
Sanchida topilgan yana bir Mathura parchasi tik turgan Budda haykali poydevori hisoblanadi[9]. Yozuvda „22-yil Vaskushana“ deb yozilgan[10][11]. Kushonlar uslubiga xos belbogʻli uzun toʻnlarda, oʻtirgan Bodxisattva atrofida turgan ibodatchilarni koʻrish mumkin[12].
Vasishka haqida maʼlumotlar Kanishka IIIning „Ara yozuvi“da ham uchraydi. Ushbu yozuvda u Kanishkaning otasi (manabalar koʻra Kanishka III) sifatida qayd etilgan. Uning ismi Kharoshthida „Vajeshka“ sifatida koʻrsatilgan[13].
Vasishka tangalari avvalgilariga qaraganda kichikroq boʻlgan[14]. Uning tangalarining teskari tomonida paydo boʻlgan xudolar Huvishka va Vasudeva I tangalaridagilarga oʻxshaydi[14].
↑Konow, Sten, Kharoshṭhī Inscriptions with the Exception of Those of Aśoka, Corpus Inscriptionum Indicarum, Vol. II, Part I. Calcutta: Government of India Central Publication Branch, p. 163