Vaynsep

Vaynsep, uaynsep — kechpishar olma navi, Amerikadan keltirilgan. Daraxti oʻrta boʻyli, shox-shabbasi keng . Koʻchati oʻtkazilgach, 6—7 yilda hosil-ga kiradi. Aprelning oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (100—120 g), yumaloq, och kizil, sirti mayda oq nuqtalar bilan qoplangan. Eti sargʻish, oʻrta shirali, (12,5 % qand 0,6 % kislota), tigʻiz, xushboʻy. Mevasi sent. oxiri — oktabr boshlarida uziladi, 4—5 oygacha yaxshi saqlanadi. Tupidan 350–400 kg hosil olinadi. Sovuqka chidamli. Unumdor tuproklarda va yaxshi parvarish qilinganda moʻl hosil beradi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridagi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklar uchun tavsiya etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil