Vikipediya maʼlumotlar bazasida birinchi tahrir „Bosh sahifa“ga 2001-yil 15-yanvarda chop etilgan va bu tahrir „Bu yangi Vikipediya!“ (English: This is the new WikiPedia!) matnidan iborat edi. 2021-yil dekabr oyida hammuassis, Jimmy Wales keyinroq bu tahrirni oʻchirib yuborganini aytgan. „Hello, world!“ matni boʻlgan avvalgi tahrirning qayta yaratilishini o‘z ichiga olgan veb-saytni eng yuqori baholovchiga NFT shaklida sotishini e’lon qildi.
Istalgan foydalanuvchi tomonidan tahrirlana oladigan, erkin litsenziyalangan gipermatnli ensiklopediya tushunchasi birinchi marta 1990-yillarda ilgari surilgan; Richard Stallman 1998-yilda „Bepul universal ensiklopediya va oʻquv resursi“ni taklif qildi[1]. 2001-yilda Vikipediya dastlab Larry Sanger tomonidan keng jamoatchilikning koʻngillilar tomonidan yoziladigan manbai sifatida yaratilgan boʻlib, unga keyinchalik Jimmy Wales tomonidan asos solingan va koʻp sohalardagi „malakali koʻngillilar“ tomonidan yozilgan hamkorlikdagi ensiklopediya boʻlmish Nupediadan maʼlumot olish mumkin edi[2]. 2001-yil 13-yanvarda Vikipediyaning domen nomi roʻyxatga olindi[3] va 2001-yil 15-yanvarda Vikipediya ishga tushirildi[3][4].
Tarixiy jihatdan, Vikipediya maʼlumotlar bazasida saqlanib qolgan eng qadimgi tahrir 2001-yil 16-yanvarda UuU sahifasining qayta koʻrib chiqilishi boʻlib, U harfi bilan boshlangan mamlakatlar roʻyxati sifatida yaratilgan va oʻsha davrdagi dasturiy taʼminotni hisobga olgan holda gʻalati sarlavha berilgan[5][6]. Oʻsha vaqtdagi sahifalar tarixi UseModWiki dasturi tomonidan ishonchli tarzda saqlangan. 2010-yilda Vikimedia dasturchisi Tim Starling arxivdan UseModWikining dastlabki versiyalarining ilgari kirish imkoni boʻlmagan yozuvlarini topib olgan[7]. Ushbu tahrirlar 2019-yil 30-iyulda Vikipediya maʼlumotlar bazasiga import qilinganida[8][9], eng birinchi qayd qilingan tahrir 2001-yil 15-yanvardagi anonim shaxs tomonidan office.bomis.com serveridan foydalangan holda kiritilgan „This is the new WikiPedia!“ matni bilan Bosh sahifaning yaratilishi boʻldi[10].
Ushbu tahrirlarning importi haqida xabardor boʻlgan Wales shunday deydi:
Maʻlumot oʻrnida shuni taʼkidlab oʻtamanki, bu topilgan eng dastlabki tahrirlar, lekin eng birinchi tahrirlar emas. UseModWikining dastlabki kunlarida men *qattiq diskda* koʻp narsalarni oʻchirib tashladim (chunki bu haqiqatan ham oʻchirishning yagona yoʻli edi). Ular, albatta, hech qachon topilmaydi. Oʻchirilgan soʻzlarning eng birinchisi „Hello, world!“ boʻlgan[8].
2021-yil 3-dekabrda Wales Christieʼs auksion uyida „This is the new WikiPedia!“ tahriridan ham oldinroq chop etilgan va Vikipediyadagi ilk tahrirni NFT koʻrinishida sotishini eʼlon qildi[4][11][12]. Bu tahrir Wales tomonidan 2001-yil 15-yanvar kiuni soat 18:29da[13][14] Vikipediya bosh sahifasida chop etilgan. Tahrir matni „Hello, World!“ soʻzidan iborat boʻlib, sinov tariqasida chop etilgan va koʻp oʻtmay oʻchirilib yuborilgan[13][15].