Viktor Verjbitskiy | |
---|---|
ruscha: Ви́ктор Алекса́ндрович Вержби́цкий | |
Tavalludi |
21-sentyabr 1959-yil |
Fuqaroligi | Rossiya |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 1983-yildan |
Mukofotlari |
Rossiya xalq artisti |
Viktor Aleksandrovich Verjbitskiy (1959-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, rus teatr va kino aktyori, teleboshlovchi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2011)[1], Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[2][3].
1959-yil 21-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Polyak bobosining familiyasini olgan.
Verjbitskiyning soʻzlariga koʻra, uning bolaligi sahna ortida oʻtgan – buvisi teatrda liboslar dizayneri boʻlib ishlagan. Shu bois u kasb tanlash haqida koʻp oʻylamasdi. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutiga oʻqishga kirdi. Sahna dizayni boʻlimida tahsil olgan. 1996-yilda Moskvaga koʻchib oʻtdi va Lvov-Anoxin boshchiligidagi Yangi drama teatriga qabul qilindi.
1998-yildan 2005-yilgacha – Et cetera teatrida aktyor. Pushkin nomidagi Moskva drama teatrida ishlagan[4][5].
Ajrashgan. Isroilda Aleksandr ismli oʻgʻli yashaydi[6].