Vincent Abril

Vincent Abril

Abril 2022-yilda.
Millati Fransiya Fransuz
Monako Monegask
dual millatli
Tugʻilgan joyi 1-mart 1995-yil (1995-03-01) (29 yosh)
Alès, Fransiya
Poyga litsenziyasi FIA Gold
Jamoalar Proton Competition
Eng yaxshi finish 36-oʻrin, 2019-yil

Vincent Abril (1995-yil 1-mart, Fransiya Ales) — Monakolik fransuz-monegask poygachisi. U 2015-yilda Blancpain GT Series Sprint Cup chempioni boʻlgan.

Vincent Abril 1995-yil 1-mart Fransiyaning Ales shahrida tugʻilgan. Katta poygaga qoʻshilgunga qadar bir muddat karting bilan shugʻullandi[1].

2011-yilda Abril Team Speedcar jamoasi tarkibida SEAT León Supercopa France seriyasida poygaga chiqdi. Oltita marotaba kuchli oʻnlikka kirgan Vincent Abril mavsum yakunida ballar jadvalida 15-oʻrinni egalladi.

2012-yilda Abril SEAT León Supercopa France seriyasida yana bir bor ishtirok etdi. U mavsumni Ledenon poygasida 2-oʻrin bilan boshladi, keyin esa ertasi kuni xuddi shu trassada 6-oʻrinni egalladi. U keyingi 4 poygadan 2 tasini tuga olmadi. Abril Circuit de Nevers Magny-Koursdagi birinchi poygasida gʻalaba qozondi. Sentyabr oyida Abril Circuito de Navarrada 2 va 3-oʻrinlarni egalladi. Oktyabr oyida Paul Ricardagi birinchi poygada 3-oʻrinni egallaganidan soʻng, Abril mavsum finalidadagi ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Bu esa mavsumiy reytingda unga 4-oʻrinni olib keldi.

2013-yilda Abril Team Speed Car jamoasi tarkibida Audi R8 LMS Ultra poyga mashinasini boshqarib, Fransiya GT Championship seriyasida qatnashdi. Mavsum unchalik yaxshi boshlanmadi, chunki Abril mavsumning dastlabki 4 poygasini top-10 dan tashqarida yakunlandi. Biroq, keyingi oyda Abril oʻzining birinchi polesini va mavsumdagi gʻalabasini Spa-Francorchampsda qoʻlga kiritdi. Keyin esa xuddi shu trassada 3-oʻrinni egalladi. Xuddi shu oyda Abril Blancpain Endurance Seriesning Pol Ricard poygasida Team Speed Car jamoasi bilan bir martalik poyga oʻtkazdi va u yerda 17-oʻrinni egalladi. Avgust oyida Abril Val de Venadagi Fransiya GT chempionati poygasiga qaytib keldi va u yerda 7 hamda 14-oʻrinlarni egalladi. Keyingi oyda Abril Nevers Magny-Kours trassasida ketma-ket gʻalaba qozondi. Ushbu gʻalabalar Abrilga umumiy ballar jadvalida 4-oʻrinni egallashiga yordam beradi.

Abril 2014-yil davomida ikkita seriyada poygaga chiqdi, Championnat de France seriyasida Team Speed Car jamoasi uchun va Belgium Audi Club Team WRT jamoasi uchun Blancpain GT Series Sprint Cup musobaqasida qatnashdi. Bu mavsum Abril uchun yaxshi yil boʻlmadi, chunki u ikkala seriyada faqat bir marta shohsupaga chiqdi va ikkala umumiy reytingda ham 14-oʻrinni egalladi.

2015-yilda esa Abril faoliyatidagi eng yaxshi yillardan birini oʻtkazdi. U yilni Bentley Team HTP jamoasi uchun Blancpain GT Series Sprint Cup va Blancpain Endurance Series musobaqalarida qatnashishdan boshladi. U Blancpain Endurance Series musobaqasida umumiy ballar reytingida 20-oʻrinni egalladi. Ammo Abril butun mavsum davomida 4 ta gʻalaba, 8 ta podium va 10 ta eng yaxshi 5 ta oʻrinni egalladi. Bu esa Abrilga 2015-yilgi Blancpain GT Series Sprintda gʻalaba qozonishga yordam berdi. Jamoadoshi Maximilian Buhk bilan birga kubok chempionligini qoʻlga kiritdi.

Abril 2015-yil dekabrida Bentley Team M-Sport jamoasi tarkibida Sepang 12 Hours poygasida qatnashdi va 10-oʻrinni egalladi.

2016-yil Abril uchun yana bir yomon oʻtgan mavsum boʻldi. Mavsum boshida Blancpain GT Series Sprint Cup Series va Blancpain Endurance Seriesga qaytdi. Biroq bu yil Abril butun mavsum davomida bir nechta poygalarda qatnashmadi, shuningdek, biror marta ham shohsupaga chiqa olmadi. Bu Abrilning BESda 25-oʻrinni va BGTSSCda 24-oʻrinni egallashiga olib keldi.

2016-yilda Abril Spa-Francorchampsda Intercontinental GT Challenge turkumidagi poygada ham qatnashib, 14-oʻrinni egalladi.

2017-yilda oʻz faoliyatida birinchi marta Abril Liqui Moly Bathurst 12 Hour poygasida Bentley Team M-Sport jamoasi uchun 8-raqamli Bentley Continental GT3 poyga mashinasida qatnashdi, Unga avtopoygachilar Andy Soucek va Maxime Soulet yordam berdi. Uchlik mavsumdagi ilk poygani 5-oʻrindan boshladi va umumiy hisobda 5-oʻrinni saqlab qoldi[2].

Bathurstdan keyin Abril yana ikkala seriyaga qaytdi. Blancpain Endurance Series musobaqasi tarkibiga kiruvchi Paul Ricard poygasida gʻalaba qozonib, 2 marta shohsupaga koʻtarilganidan keyin turnir jadvalida 2-oʻringa chiqib oldi. Keyinchalik Abril Pirelli World Challenge musobaqasiga qoʻshildi va mavsumda bir marta 6-oʻrinni egalladi. Yakuniy natija 13-oʻrin boʻldi.

2018-yilda Abril Liqui Moly Bathurst 12 Hoursda yana Soucek va Soulet bilan poygaga chiqdi. Biroq bu safar 58 ta davrada shinalar muammosi uchlikni poygani erta tark etishiga sabab boʻldi va natijada umumiy hisobda 46-oʻrinni egalladi[3].

2019-yilda Abril, Soucek va Soulet yana Liqui Moly Bathurst 12 Hour poygasida qatnashdi[4]. Bu safar esa poygani toʻliq yakunlab, umumiy hisobda 6-oʻrinni egalladi. Abril, shuningdek, avtopoygachilar Louis va Phillipe Prette bilan birga Le Man 24 poygasida 78-raqamli Porsche 911 avtomobili bilan qatnashdi. Ular saralashdan keyin umumiy hisobda 36-oʻrinni egallaydilar[5].

2022-yilda Abril GT mashinalari poygasini davom ettirdi, JP Motorsport bilan shartnoma imzoladi va GT World Challenge Europe Endurance Cup poygasida qatnashdi.

Umumiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Musobaqa Jamoa Poyga Gʻalaba Pole F/Aylanish Podium Ballar Oʻrin
2011 SEAT León Supercopa France Team Speedcar 11 0 0 0 0 59 15
2012 SEAT León Supercopa France Team Speedcar 12 2 0 0 6 216 4
2013 French GT Championship Team Speedcar 14 3 1 0 4 125 4
Blancpain Endurance Series Speedcar 1 0 0 0 0 0
2014 FFSA GT Championship Team Speedcar 10 0 0 0 1 50 12
Blancpain GT Sprint Series Belgian Audi Club Team WRT 14 0 0 0 1 28 12
2015 ADAC GT Masters Bentley Team HTP 2 0 0 0 0 6 34
Blancpain GT Sprint Series 12 4 1 2 8 135 1
Blancpain Endurance Series 5 0 0 0 0 10 20
2016 Blancpain GT Series Sprint Cup Bentley Team M-Sport 8 0 0 0 0 5 24
Blancpain GT Series Endurance Cup 5 0 0 0 0 16 25
Intercontinental GT Challenge 1 0 0 0 0 8 14
2017 Blancpain GT Series Sprint Cup Bentley Team M-Sport 10 0 0 0 1 37 6
Blancpain GT Series Endurance Cup 5 1 0 0 2 79 2
Intercontinental GT Challenge 2 0 0 0 1 20 7
SprintX GT Championship Absolute Racing 10 0 0 0 0 107 13
2018 Blancpain GT Series Endurance Cup Bentley Team M-Sport 5 0 0 1 0 17 26
Intercontinental GT Challenge 4 0 0 0 0 16 15
2019 Blancpain GT Series Sprint Cup Mercedes-AMG Team AKKA ASP 10 3 4 0 4 78.5 3
2019 Blancpain GT Series Endurance Cup Mercedes-AMG Team AKKA ASP 5 0 0 1 0 9 25
2019 24 Hours of Le Mans - GTE Am Proton Competition 1 0 0 0 0 N/A 6
2019—2020 FIA World Endurance Championship - GTE Am MR Racing 1 0 0 0 0 0
2020 GT World Challenge Europe Endurance Cup Haupt Racing Team 4 0 0 0 1 40 7
Intercontinental GT Challenge Mercedes-AMG Team HRT 1 0 0 0 0 8 17
International GT Open AF Corse/APM Monaco 12 4 3 1 5 110 3
24 Hours of Le Mans - GTE Am MR Racing 1 0 0 0 0 DNF
2021 Deutsche Tourenwagen Masters Mercedes-AMG Team HRT 16 0 1 0 0 34 14
Intercontinental GT Challenge 1 0 0 0 0 0 NC
GT World Challenge Europe Endurance Cup BWT Haupt Racing Team 2 0 0 0 0 0 16
2022 Asian Le Mans Series - GT AF Corse/APM Monaco 4 0 0 0 3 45 4
GT World Challenge Europe Endurance Cup JP Motorsport 4 0 0 0 0 10 26
GT World Challenge Europe Sprint Cup 6 0 0 0 0 9 14
24 Hours of Le Mans - GTE Am AF Corse 1 0 1 0 0 N/A 9
2023 Le Mans Cup - GT3 Iron Lynx 6 1 0 0 2 48 6
2024 GT World Challenge Europe Endurance Cup AF Corse - Francorchamps Motors

Complete Deutsche Tourenwagen Masters

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Jamoa Avtomobil 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 Oʻrin Ballar
2021 Mercedes-AMG Team HRT Mercedes-AMG GT3 Evo MNZ
1

DSQ
MNZ
2

DSQ
LAU
1

Ret
LAU
2

14
ZOL
1

4
ZOL
2

Ret
NÜR
1

12
NÜR
2

8
RBR
1

9
RBR
2

8
ASS
1

Ret
ASS
2

9
HOC
1

9
HOC
2

9
NOR
1

14
NOR
2

8
14 34
  • Izoh: DSQ — Qalin yozuvlar pole natijasini bildiradi.
  1. „Career Summary:Vincent Abril“. www.snaplap.net. Qaraldi: 19-aprel 2024-yil.
  2. „02/05/2017 race: Liqui Moly Bathurst 12 Hour (EX) - Racing-Reference.info“. www.racing-reference.info. Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.
  3. „02/04/2018 race: Liqui Moly Bathurst 12 Hour (EX) - Racing-Reference.info“. www.racing-reference.info. Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.
  4. „02/03/2019 race: Liqui Moly Bathurst 12 Hour (EX) - Racing-Reference.info“. www.racing-reference.info. Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.
  5. „06/16/2019 race: 24 Hours of Le Mans (EX) - Racing-Reference.info“. www.racing-reference.info. Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.