Virgil Trayan Madjaru | |
---|---|
Tavalludi |
1887-yil, 14-dekabr Galati, Ruminiya |
Vafoti | 1940-yil 27-noyabr |
Fuqaroligi | Ruminiya |
Kasbi | iqtisodchi, sotsiolog, siyosatchi |
Virgil Trayan Madjaru (rumincha: Virgil Traian Madgearu; 1887-yil 14-dekabrda, Galati, Ruminiya qirolligida tugʻilgan - 1940-yil 27-noyabrda Snagov yaqinida, Ruminiya qirolligida vafot etgan) — ruminiyalik iqtisodchi, sotsiolog, jurnalist, pedagog, siyosatchi va iqtisodiy fanlar doktori.
Shuningdek u soʻl qanot siyosatchisi, asosiy nazariyotchi boʻlish bilan bir qatorda, Ruminiya Dehqon (Saranistik) partiyasi va uning vorisi Milliy Dehqon (Milliy Sarani) partiyasining asoschisi va rahbari hisoblanadi. Ruminiya Fanlar akademiyasining aʼzosi (vafotidan keyin).
Virgil Trayan kelib chiqishiga koʻra Arman hisoblanadi[1]. Leyptsig universitetida iqtisod, keyinroq Londonda bank ishi boʻyicha tahsil oldi. U 1911-yilda Leyptsigda iqtisodiyot doktori sifatida faoliyat yurita boshlagan.
1912-yilda u Ruminiyaga qaytib keldi va u yerda hunarmandlar va ishchilarni sugʻurtalash markaziy jamgʻarmasi boshligʻi etib tayinlandi. 1916-yildan to vafotiga qadar Buxarestdagi Iqtisodiyot akademiyasida oʻqituvchi sifatida ishlagan.
Dimitri Gusti bilan birgalikda u Ruminiya sotsiologiya institutiga asos solgan. Jurnalist sifatida, u uzoq vaqt davomida nufuzli oylik jurnal „Ruminiya hayoti“ ("Viața Românească") tahririyati aʼzosi boʻlgan.
Davlat arbobi sifatida. Ruminiya sanoat va savdo vaziri (1928—1929; 1930-yil iyun — oktabr; 1932-yil avgust — oktyabr), moliya vaziri (1929—1930); qishloq xoʻjaligi vaziri (1931); yana moliya vaziri (1932—1933), shuningdek Millatlar Ligasi Iqtisodiy Konferensiyalarida (Buyuk Depressiya davrida) Ruminiya vakili.
U umrining koʻp qismi davomida Ruminiya milliy liberal partiyasining asosiy raqibi sifatida siyosatda ishtirok etgan. U parlament muxolifati yetakchilaridan biri edi. 2-Jahon urushiga qadar Antifashistik harakatlarda qatnashgan. U Ruminiyada Milliy legioner davlat tashkil etilishiga qarshi keskin tanqidlar bilan chiqgan.
Liberal dogmalarni ham, iqtisodiyotning marksistik talqinini ham shubha ostiga qoʻygan asl nazariyaning muallifi, Ruminiya dehqonlarining siyosiy va iqtisodiy rolini kuch-aytirish choralarini taklif qilgan.
1940-yil 27-noyabrga oʻtar kechasi Temir gvardiya legionerlari uning Buxarestdagi uyiga hujum qilib, uni oʻgʻirlab ketishdi va qishloq yaqinidagi oʻrmonga olib ketishadi. Snagovda, u chorasiz qolgan Virgil Majaru legionerlar tomonidan otib oʻldirilgan.
Oʻta oʻngchi “ Temir gvardiya” jangarilari tomonidan oʻldirilgan koʻplab ruminiyalik siyosatchilardan biri.
1990-yilda Ruminiya akademiyasi uni aʼzo etib sayladi (vafotidan keyin)[2].