Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vyacheslav Tarasovych Shevchenko | ||
Tavallud sanasi | 30-may 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Xerson viloyati, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi | ||
Boʻyi | 1.84 m (6 ft 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000–2001 | UFK Lviv | ||
2001 | Knyazha Shchaslyve | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001—2003 | FC Borysfen Boryspil | 5 | (0) |
2001—2003 | FC Borysfen-2 Boryspil | 30 | (1) |
2003 | FC Torpedo-Metalurg Moscow | 1 | (0) |
2006 | FC Stal Dniprodzerzhynsk | 5 | (0) |
2007 | FC Illichivets Mariupol | 1 | (0) |
2008 | FC Feniks-Illichovets Kalinine | 12 | (5) |
2008—2011 | FC Stal Alchevsk | 68 | (19) |
2011—2013 | PFC Oleksandria | 69 | (21) |
2014 | Lokomotiv | 7 | (1) |
2014 | Birkirkara F.C. | 4 | (0) |
2015—2016 | Qizilqum | 27 | (5) |
2017 | FK Ogre | ||
2017—2018 | FC Viktoriya Mykolaivka | 37 | (14) |
2020 | FC Dinaz Vyshhorod | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2019-yil 31-dekabr uchun) |
Vyacheslav Shevchenko (ukraincha: В'ячеслав Тарасович Шевченко; 1985-yil 30-mayda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. „Dinaz Vishgorod“ klubida hujumchi oʻynaydi.
U Ukraina terma jamoasi sobiq hujumchisi Andrey Shevchenkoning jiyani. 1985-yil 30-mayda Skadovsk shahrida tugʻilgan. Boshlangʻich futbol mashgʻulotlari havaskor SC „Ingvar“ (Skadovsk) murabbiy Igor Chernishev boshchiligida oʻtkazgan.
Futbolchi sifatida faoliyatini Borisfenda boshlagan, ammo asosiy jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlmagan. 2003-yilda „Torpedo-Metallurg“ safida Rossiya chempionatida 1 ta oʻyin oʻtkazdi. 2006-yilda Dneprodzerjinskdan „Stal“ga oʻtdi. Biroq u yerda ham asosiy tarkib oʻyinchisi boʻla olmadi. 2007-yilda Ilyichevetsga oʻtdi. Klubda 2007-yil 25-mayda Oliy ligada Donetskning „Metallurg“ klubiga qarshi oʻyinida 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, debyut qildi. Oʻsha oʻyin Ilyichevetsdagi yagona oʻyini boʻlib qoldi. 2008-yil 18-martda Feniks-Ilyichevetsda debyut qildi va oʻsha uchrashuvda sobiq jamoasi darvozasiga gol urdi. Vyacheslav Shevchenko keyingi mavsumni Alchevskning „Stali“ jamoasida boshladi.
2011-yil yanvar oyida Luganskning Zorya klubiga koʻrikka keldi[1]. Ammo transfer amalga oshmadi. 120 ming dollar evaziga Aleskandariyaga oʻtdi[2]. Jamoadagi debyutini 2011-yil 20-mart kuni Xarkovning „Gelios“ jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan[3]. 2011-yilning 16-iyulida 57-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, Aleksandriya safida Ukraina Premyer-ligasida birinchi o‘yinni o‘tkazdi[4]. 2012-yil 21-iyul kuni Ohtrikada „Neftyanik-Ukrnafta“ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi[5].
2013-yilda Ujgorodning Goverla[6] va Ozarbayjon klublarida sinovdan o‘tdi, ammo ikkala klub bilan shartnoma imzolay olmadi. Keyin Aleksandriyaga[7] qaytdi va u yerda 5 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Birinchi davra yakunlangach, Oʻzbekiston chempionatiga yoʻl oldi. 2014-yilning yanvar oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi[8]. 2014-yilning fevral oyida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan Osiyo chempionlar ligasida debyut qilgan[9].
2014-yilning iyul oyida klub rahbariyati bilan oʻzaro kelishuvga koʻra u „temiryoʻlchilar“ klubini tark etdi. Shu yilning sentyabr oyida Birkirkara bir mavsumga uzaytirish huquqi bilan bir yilga shartnoma imzoladi. Shevchenko bor-yo‘g‘i 4 ta o‘yin o‘tkazib, klubni tark etdi[10]. 2015-yilda „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzolab, O‘zbekiston chempionatiga qaytdi[11]. Klubda 2 mavsum o‘ynadi. 2017-yil Latviya chempionatining birinchi ligasi vakili „Ogre“ klubiga oʻtdi.