Vieux Boulogne (fransuzcha: Vieux Boulogne, fransuzcha: Sablé du Boulonnais — fransuz yumshoq pishlogʻi. Nord-Pas-de-Kaledagi Bulon-syur-Mer shahrida tayyorlanadigan pishloq navi. Yorqin zargʻaldoq tusli qobigʻi ishlab chiqarish jarayonida pivoda namlanadi. Pishloq eng sassiq fransuz pishloqi sifatida shuhrat qozongan[1].
Vieux Boulogne qaynatilmagan sigir sutidan tayyorlanadi. 7-9 haftada yetiladi. Tayyor shakli kvadrat shaklida, kengligi 11 sm va balandligi 4 sm, ogʻirligi 500 gramm atrofida boʻladi. Pishloq oldindan sotiladigan — pre-salé toifasidagi pishloqlar qatoriga kiradi (u ishlab chiqarish jarayonida tuzlanadi).
Pishloq oʻzining kuchli hidi bilan mashhur. 2004-yil noyabr oyida Krenfild universiteti (Bedfordshire) tadqiqotchilari Vieux Boulogneʼni 15 ta fransuz va ingliz pishloqlarining orasida „eng sassigʻi“ deb topishdi[2]. 2007-yilda xuddi shu universitetda „elektron burun“ yordamida oʻtkazilgan yana bir tadqiqot Vieux Boulogne „maqomi“ni tasdiqladi.