Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Wan Houliang | ||
Tavallud sanasi | 25-fevral 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Beijing, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.87 m (6 ft 2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Beijing Renhe | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001—2002 | Beijing Huaya Feiying | ||
2002—2004 | ČSK Čelarevo | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2014 | Guizhou Renhe | 112 | (12) |
2009 | → Jeonbuk Hyundai (Ijara) | 4 | (0) |
2015—2016 | Qingdao Huanghai | 56 | (2) |
2017 | Beijing Renhe | 66 | (3) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008 | Xitoy U23 | 25 | (0) |
2008—2009 | Xitoy | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-dekabr uchun) |
Wan Houliang (talaffuzi: Van Xoulyan) (1986-yil 25-fevralda tugʻilgan) — Xitoyning birinchi ligasida Beijing Renhe himoyachisi sifatida oʻynaydigan xitoylik xalqaro futbolchi.
Wan Houliang oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri Beijing Huaya Feiyingning yoshlar jamoasida oʻynab va Serbiyada futbol boʻyicha mashgʻulotlariga qatnashib boshlagan va u yerda uchinchi toifadagi FK ČSK Chelarevoning yoshlar va oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan[1]. 2004-yilda Wan Xitoyga qaytib kelgan va yuqori divizion vakili Shanghai COSCO Sanlin bilan shartnoma imzolagan. 2005-yil 24-aprelda u Xitoy Superligasidagi ilk professional o‘yinini Shanghai derbisida Shanghaining „Inter“ jamoasi „Shanghai Shenhua“ga qarshi o‘ynagan va 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lishgan[2]. Magʻlubiyatga qaramay, Wan Cheng Yaodong qoʻl ostida jamoada oʻsib borayotgan yulduzga aylangan va hatto 2005-yil 11-sentyabrda Beijing Guoanga qarshi oʻyinda dubl qayt etgan[3].
2009-yilning 13-iyulida Wan K-liga klubi Jeonbuk Hyundai Motorsga 2009-yilning ikkinchi yarmi uchun ijaraga oʻtishi maʼlum boʻlgan. 2009-yilning 26-iyulida Wan Houliang „Ulsan Hyundai Horang-i“ga qarshi bahsda Jeonbuk safida debyut qilgan. Oʻyin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan. 2009-yil 7-oktyabrda u Koreya FA kubogi yarim finalida Suvon Samsung Blyuvingsga qarshi oʻyinda avtogol muallifiga aylangan. Wan klubdagi faoliyati davomida jamoa rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsata olmagan boʻlsa-da, ularga ligada gʻalaba qozonishda yordam bergan.
Wan 2010-yilgi mavsum oldidan tayyorgarlik uchun Shaanxiga qaytgan. 3-mart kuni u „Hangzhou Greentown“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oyogʻini sindirib olgan va mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuborgan[4]. 2015-yilning 13-fevralida Wan Xitoyning birinchi ligasi vakili „Qingdao Hainiu“ga o‘tgan[5].
2017-yilning yanvarida Wan Xitoyning Birinchi ligas jamoasi Beijing Renhega qaytgan.
Wan 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga chaqirilgan va u yerda ikkita guruh oʻyinlarida maydonga tushgan[6]. Wan Houliang 2008-yilda Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida zaxiradan maydonga tushib terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan[7].
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Guizhou Renhe | 2005 | Xitoy Super Ligasi | 18 | 1 | 3 | 0 | 1 | 0 | - | 22 | 1 | |
2006 | 11 | 0 | 3 | 0 | - | - | 14 | 0 | ||||
2007 | 22 | 3 | - | - | - | 22 | 3 | |||||
2008 | 19 | 1 | - | - | - | 19 | 1 | |||||
2009 | 14 | 2 | - | - | - | 14 | 2 | |||||
2010 | 0 | 0 | - | - | - | 0 | 0 | |||||
2011 | 19 | 4 | 2 | 0 | - | - | 21 | 4 | ||||
2012 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 | ||||
2013 | 6 | 1 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 6 | 1 | |||
2014 | 3 | 0 | 0 | 0 | - | 3 | 0 | 6 | 0 | |||
Jami | 112 | 12 | 8 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 124 | 12 | ||
Jeonbuk Hyundai Motors (Ijara) | 2009 | K-Liga | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 5 | 0 | |
Qingdao Hainiu | 2015 | Xitoy Birinchi Ligasi | 28 | 0 | 0 | 0 | - | - | 28 | 0 | ||
2016 | 28 | 2 | 0 | 0 | - | - | 28 | 2 | ||||
Jami | 56 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 56 | 2 | ||
Beijing Renhe | 2017 | Xitoy Birinchi Ligasi | 22 | 2 | 0 | 0 | - | - | 22 | 2 | ||
2018 | Xitoy Super Ligasi | 27 | 1 | 2 | 0 | - | - | 29 | 1 | |||
2019 | 17 | 0 | 0 | 0 | - | - | 17 | 0 | ||||
Jami | 66 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 68 | 3 | ||
Karyerada jami | 238 | 17 | 11 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 253 | 17 |
Jeonbuk Hyundai
Guizhou Renhe