Wang Ya Nan | |
---|---|
Statistika | |
Laqabi | China Girl (Xitoylik qiz) |
Vazn toifasi | o'rta vazn |
Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in)[1] |
Millati | Xitoylik |
Tugʻilishi | Xitoy | 29-oktabr 1984-yil
Mazhabi | Pravoslav |
Boks rekordlari | |
Umumiy janglar soni | 8 |
Gʻoliblik | 8 |
KO gʻolibligi | 3 |
Magʻlubiyat | 0 |
Durang | 0 |
Bekor qilingan janglar | 0 |
Wang Ya Nan (1984-yil 29-oktabr) — xitoylik sobiq professional bokschi, 2006-yildan 2009-yilgacha boʻlib oʻtgan musobaqalarda ishtirok etgan. U magʻlubiyatlarsiz jahon chempioni boʻlgan. Wang Ya Nan faoliyati davomida 2007-yildan 2009-yilgacha oʻrta vazn toifasida WIBA va 2008-yildan 2009-yilgacha ayollar oʻrta vazn toifasida WBC unvoniga ega boʻlgan. Shuningdek, Wang Ya Nan boks janglarida „China Girl“ (Xitoylik qiz) laqabi bilan ham tanilgan.
2008-yil yanvar oyida Wang 10 raunddan soʻng bir ovozdan chiqarilgan qaror bilan Janaya Devisni magʻlub etib, WBC yoʻnalishi boʻyicha oʻrta vazn toifasida ayollar oʻrtasida jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritgan birinchi xitoylik ayol bokschi boʻldi[2].
2008-yil 29-martda shanxaylik bokschi Lili Xie bilan boʻlgan jangda Wang Yu Nan 5-raunddayoq raqibini nakautga uchratib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Oʻzining birinchi titul himoyasida Wang Ya Nan amerikalik bokschi Akondaye Fountainni magʻlub etdi. 2008-yil 7-noyabrda Xitoyning Chengdu shahridagi Sichuan gimnaziyasida oʻtkazilgan jangda Wang gʻalaba qozondi[3].
Wang Ya Nan Malvernda boʻlib oʻtgan boks jangida keniyalik Charity Mukamini magʻlub etganidan soʻng, oʻrta vazn toifasidagi biron marta magʻlubiyatga uchramagan chempion sifatida isteʼfoga chiqdi.
Wang Ya Nan isteʼfoga chiqqanidan buyon Avstraliyaning Melburn shahrida yashab kelmoqda[2].
8 ta jang | 8ta gʻalaba | 0 magʻlubiyat |
---|---|---|
Nakaut bilan | 3 | 0 |
Qarorga koʻra | 5 | 0 |