Will Butcher | |||
---|---|---|---|
![]() | |||
Tugʻilgan joyi |
6-yanvar 1995-yil Sun Prairie, Wisconsin, AQSH | ||
Boʻyi | 5 ft 10 in (178 cm) | ||
Ogʻirligi | 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | chap qanot | ||
NHL Sobiq jamoalar |
Dallas Stars New Jersey Devils Buffalo Sabres Texas Stars | ||
Milliy jamoa |
![]() | ||
NHLga kirish drafti |
123-oʻrindagi tanlov, 2013 Colorado Avalanche | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2017—hozirgacha |
William Butcher (talaffuzi: Uilyam Butcher) (1995-yil 6-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey himoyachisi. William Butcher hozirda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) „Texas Stars“ xzokkey jamoasida oʻynaydi va Milliy Xokkey Ligasining (NHL) „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan shartnoma asosida faoliyat olib boradi.
William Butcher 1995-yil 6-yanvarda AQSHning Sun Prairie shahrida tugʻilgan[1]. Uning ota-onasi Joe va Julie Butcherlardir[2].
William Butcher 2013-yildan 2017-yilgacha Denver universitetida xokkey oʻynagan. 2016—2017-yilgi mavsumdagi oʻyinlari uchun William Butcher erkaklar kolleji xokkeyining eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Hobey Baker mukofotini qoʻlga kiritdi[3]. William Butcher, shuningdek, NCHC birinchi jamoasi yulduzi, NCHC yilning eng yaxshi oʻyinchisi va 2016—2017-yillar uchun NCHC eng yaxshi himoyachisi deb topildi[4]. William Butcher „Denver“ xokkey jamoasiga 2017-yilgi NCAA chempionatida gʻalaba qozonishga yordam berdi[5].
2017-yil 27-avgustda NHL erkin agenti sifatida Butcher „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan yillik asosiy maoshi 925 000 dollarga teng ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[6].
2019-yil 31-iyulda William Butcher „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan shartnoma muddatini yana uch yilga uzaytirdi[7]. 2020-yil 18-fevralda William Butcher „Devils“ va „St. Louis Blues“ xokkey klublari oʻrtasidagi oʻyinda jarohat oldi. William Butcher 2019—2020-yilgi mavsumda 56 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi[8][9].
„Devils“ klubidagi toʻrtinchi mavsumini yakunlab, har mavsumda uning roli pasayib borgach, Butcher „New Jersey Devils“ xokkey klubi tomonidan 2022-yilda beshinchi raund tanlovi bilan 2021-yil 28-iyulda „Buffalo Sabres“ xokkey klubiga almashtirildi[10]. 2021—2022-yilgi mavsumda Butcher ketma-ket beshinchi mavsumda hujumkor oʻyini pasayganini koʻrdi va „Sabres“ klubi bilan atigi 37 oʻyinda 2 gol va 8 ochko toʻpladi.
„Sabres Buffalo“ xokkey klubi bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, William Butcher erkin agent sifatida „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan 2022-yil 22-iyulda bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[11].
Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Ishtirok | Gol | Assist | Ochko | Penalti | Ishtirok | Gol | Assist | Ochko | Penalti | ||
2010—2011 | Madison Capitols 18U AAA | T1EHL | 34 | 10 | 20 | 30 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Dubuque Fighting Saints | USHL | 2 | 0 | 2 | 2 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | U.S. NTDP Juniors | USHL | 31 | 2 | 8 | 10 | 4 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | U.S. NTDP U17 | USDP | 46 | 8 | 23 | 31 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | U.S. NTDP U18 | USDP | 10 | 0 | 2 | 2 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | U.S. NTDP Juniors | USHL | 26 | 3 | 10 | 13 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | U.S. NTDP U18 | USDP | 67 | 11 | 26 | 37 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | University of Denver | NCHC | 38 | 8 | 8 | 16 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | University of Denver | NCHC | 38 | 4 | 14 | 18 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | University of Denver | NCHC | 39 | 9 | 23 | 32 | 19 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | University of Denver | NCHC | 43 | 7 | 30 | 37 | 18 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | New Jersey Devils | NHL | 81 | 5 | 39 | 44 | 8 | 5 | 1 | 3 | 4 | 0 | ||
2018—2019 | New Jersey Devils | NHL | 78 | 4 | 26 | 30 | 18 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | New Jersey Devils | NHL | 56 | 4 | 17 | 21 | 6 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | New Jersey Devils | NHL | 23 | 1 | 10 | 11 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | Buffalo Sabres | NHL | 37 | 2 | 6 | 8 | 0 | — | — | — | — | — | ||
NHL | 275 | 16 | 98 | 114 | 34 | 5 | 1 | 3 | 4 | 0 |
Yil | Jamoa | Tadbir | Natija | ishtirok | Gol | Assist | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2012-yil | Qoʻshma Shtatlar | U17 | ![]() |
5 | 0 | 6 | 6 | 2 | |
2012-yil | Qoʻshma Shtatlar | U18 | ![]() |
6 | 0 | 0 | 0 | 2 | |
2013-yil | Qoʻshma Shtatlar | U18 | ![]() |
7 | 2 | 2 | 4 | 2 | |
2014-yil | Qoʻshma Shtatlar | WJC | 5 | 5 | 2 | 3 | 5 | 2 | |
2015-yil | Qoʻshma Shtatlar | WJC | 5 | 5 | 0 | 1 | 1 | 0 | |
2018 | Qoʻshma Shtatlar | WC | ![]() |
10 | 1 | 2 | 3 | 0 | |
Oʻsmirlar (jami) | 28 | 4 | 12 | 16 | 8 | ||||
Kattalar (jami) | 10 | 1 | 2 | 3 | 0 |