Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 22-aprel 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Namangan, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996–2004 | Navbahor Namangan | 93 | (11) |
2005–2007 | Mashʼal Muborak | 23 | (1) |
2008–2016 | Bunyodkor | 144 | (3) |
2010 | → Nasaf Qarshi | 12 | (0) |
2016 | → Navbahor Namangan | 10 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2007–2009 | Oʻzbekiston | 15 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2017-yil 18-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2009-yil 13-avgust uchun) |
Xayrulla Karimov (ruscha: Каримов, Хайрулла Тошпулатович; 1978-yil 22-aprel, Namangan viloyati, Oʻzbekiston[1]) – Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi. Bugungi kunda Olmaliqning „AGMK“ jamoasida Mirjalol Qosimovga yordamchi murabbiylik qilmoqda.
Karimov faoliyatini Namanganning „Navbahor“ klubida boshlagan. 1996-yilda klub bilan Oʻzbekiston Oliy ligasida gʻolib chiqqan. 1996-yildan 2004-yilgacha „Navbahor“ safida toʻp surgan. 2005-yilda Muborakning „Mash’al“ klubiga oʻtgan va Ligada ikkinchi oʻrinni egallagan. Karimov „Bunyodkor“ga 2008-yilda koʻchib oʻtgan. Keyinchalik oʻzining jamoaviy oʻyinlari natijasida „Bunyodkor“ jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri boʻlgan va jamoa sardorligiga loyiq koʻrilgan. 2014-yil 7-mart kuni „Bunyodkor“ jamoasi bilan Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi va bu kubokni ikki marta qoʻlga kiritgan dastlabki futbolchiga aylandi. 1999-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi mavsumda faoliyatidagi dastlabki jamoasi boʻlgan Namanganning „Navbahor“ jamoasida boshladi va ikkinchi davra boshida „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi[2]. Toshkentlik jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, futbolchilik faoliyatini yakunladi[3].
Karimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2006—2010-yillarda 16 ta oʻyinda maydonga tushgan[4][5].
Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yillar | Isht | Gol |
2007 | 9 | 0 |
2008 | 4 | 0 |
2009 | 2 | 0 |
Jami | 15 | 0 |
2017-yil 1-aprelda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika [6]