Xiaomi Mi8 — Xiaomi kompaniyasining smartfoni. Kompaniyaning sakkiz yillik yubileyiga bagʻishlab chiqarilgan Mi seriyasining flagmani[1].
Ushbu model 18,7:9 boʻlgan 6,21 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Ekran 402 pikseli boʻlib, 2248x1080 oʻlchamlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Modelda „kertik“ ekrani mavjud, ammo buni ichki sozlamar orqali oʻzgartirib qoʻyish mumkin, bu esa ekranning yon tomonidagi boʻshliqni qoraytiradi[2].
Mi 8 ning asosiy kamerasi DxoMark sayti oʻtkazgan testda 99 ball toʻpladi.[3]
Asosiy kamera ikkita moduldan iborat. Birinchisi Sony IMX363 moduli 12 MP boʻlib, 6 elementli ob’ektiv, f/1.8 diafragma optik stabilizatsiyaga ega.
Ikkinchisi Samsung S5K3M3 moduli 12 MP boʻlib, bir piksel oʻlchami 1 mikron, telefoto linzalari, f/2.4 diafragma hamda ikkita LED chirogʻi mavjud. 2x optik zumga ega.
Asosiy kamera 3840x2160 piksellar soni bilan 60 yoki 30 kadr / sekundda 4K UHD formatda video yozishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Old kamera Samsung S5K3T1, 20 MP boʻlib, f/2 diafragma ega. AI funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.
- Korpus materiallari: shisha, metall (alyuminiy)
- Operatsion tizim: MIUI 9.5 qobigʻi bilan Android 8.1 ; Xitoy uchun MIUI 12.5.2.0, Xalqaro uchun MIUI 12.0.3.0 hamda Rossiya uchun chiqarilganlarda MIUI 12.0.2.0 bilan ishlovchiAndroid 10.0 ga yangilangan.
- SIM karta: ikkita nano-SIM (kombo uyasi)
- Ekran: diagonali 6,21", oʻlchamlari 2248x1080 piksel (18,7: 9), ppi 402
- Protsessor: sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 845, toʻrtta Kryo 385 Gold 2,8 gigagertsli va toʻrtta Kryo 385 Silver 1,8 gigagertsli. 3 milliard tranzistorni oʻz ichiga oladi.
- Grafika: Adreno 630
- Operativ xotira: 6/8 GB
- Xotira: 64/128/256 GB
- Ulagichlar: USB Type-C
- Asosiy kamera: ikkita modul 12 + 12 MP, chiroq
- Old kamera: 20 MP
- Uyali tarmoq: 2G, 3G, 4G, FDD Band 1, 2, 3, 4, 5, 7, 8, 12, 17, 20, TDD Band 34, 38, 39, 40, 41
- Boshqa aloqa uskunalari: Wi-Fi b/g/n/ac, Bluetooth 5.0, NFC, aptX-HD
- Navigatsiya: GPS, GLONASS, Galileo, BeiDou
- Qoʻshimchalar: barmoq izi skaneri, yuz orqali ochish, yaqinlik sensori, giroskop, akselerometr, elektron kompas, tebranish motori, barometr, Hall sensori, atrof-muhit yorugʻligi sensori, Type-C ulagichi
- Batareya: 3400 mA / soat, tez zaryadlovchi Qualcomm Quick Charge 4.0
- Oʻlchamlari: 154,9 x 74,8 x 7,6 mm
- Ogʻirligi: 175g
Ekran va orqa tomoni oleofobik qoplama[4] bilan qoplanga. IP sertifikati mavjud emas (suv va changdan himoya qilish)
Xiaomi Mi 8 2018-yil 31-mayda eʼlon qilingan[5]. Qurilmaning sotuvi 2018-yilning 5-iyunida Xitoyda boshlangan, telefonlarning birinchi partiyasi 37 soniyada sotib boʻlingan[6].
Rossiyada savdolar 8-avgustda boshlandi. Model uchta rangda yaʼni koʻk, qora va oq ranglarda chiqarilgan.
- ↑ „Xiaomi анонсировала линейку смартфонов Mi 8, оснащённых экраном с «чёлкой»“ (Ruscha). Mobile-Review.com. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Обзор Xiaomi Mi 8: лучший доступный флагман. Но не спешите его покупать“. hi-tech.mail.ru. 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-may.
- ↑ „Xiaomi Mi 8 camera review: Challenging the best“. DxOMark. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Обзор флагманского смартфона Xiaomi Mi 8“. iXBT. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Xiaomi анонсировала линейку смартфонов Mi 8, оснащённых экраном с «чёлкой»“. Mobile-Review. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Xiaomi Mi 8 goes on sale in China today, sells out in under two minutes“. GSMArena. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.