Xonzoda begim | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1478 Andijon |
Vafoti |
1545 Qandahor |
Bolalari | Xurramshoh |
Otasi | Umarshayx Mirzo |
Dini | Islom |
Mansubligi | Temuriylar |
Xonzoda begim (1478, Andijon – 1544, Kobulhaq) – Fargʻona viloyati hokimi temuriy Umarshayx Mirzoning qizi. Zahiriddin Muhammad Boburning opasi. Onasi Qutlugʻ Nigor xonim Toshkent hukmdori, chingiziy Yunusxonning Eson Davlatbegimdan tugʻilgan ikkinchi qizi edi.
Xonzoda begim 1478-yilda Andijonda tugʻilgan. Umarshayx Mirzo va uning birinchi va bosh xotini, Moʻgʻuliston malikasi Qutlugʻ Nigorxonimning toʻngʻich qizi edi. Uning ukasi Bobur 1483-yilda Hindistonda Boburiylar imperiyasining asoschisi, shuningdek, uning birinchi imperatori boʻlgan. Xonzodaning bobosi Abu Said Mirzo, onasi tomonidan bobosi Moʻgʻuliston xoni Yunusxon edi. Xonzoda ona tomondan Chingizxon avlodi boʻlgan.
1500—1501-yillarda Xonzodaning ukasi Bobur va Shayboniyxon oʻrtasidagi ziddiyat avjiga chiqdi. 1501-yilda katta qoʻshin bilan Samarqandni 5 oy mobaynida muhosara qilgan Shayboniyxon sulh evaziga Xonzoda begim (temuriy)ni oʻziga xotinlikka soʻraydi. Xonzoda va Boburning nufuzli qarindoshlaridan birortasi, amakisi, Xuroson hukmdori Sulton Husayn Mirzo Boyqaro Boburga yordam joʻnatmadi[1]. Xonzodaning jiyani Gulbadan begimning guvohlik berishicha, „oxirida shunday qilish kerak edi, u begimni xonga berdi“. Xonzoda begim (temuriy) Shayboniyxon nikohiga kiradi va undan Xurramshoh ismli oʻgil koʻradi.
„Boburnoma“ da yozilishicha, 1500-yilda Xonzodaning ukasi Bobur Muhammad Shayboniyxon tomonidan besh oylik qamaldan soʻng Samarqandni tark etishga majbur boʻlgan, bu vaqtda Xonzoda Shayboniyxonga (urush asirlaridagi ulushi sifatida) oʻtgan[2]. Henry Beveridgening yozishicha, „Shayboniynoma“ga koʻra, Xonzodaning Shayboniyxonga nikohi sevgi nikohi boʻlgan. Shuningdek, u „Bobur barcha holatlarni tilga olmagan va u Xonzoda Samarqandda qoldirilgani Boburning Shayboniy bilan tuzgan kelishuvining bir qismi boʻlgan“ degan taxminni ilgari suradi. Xonzoda Begim (Temuriy) Shayboniyxonga uylanib, Xurramshoh ismli oʻgʻil tugʻadi[3][4].
Xonzodaning xolasi Mehr Nigorxonim Shayboniyxon tomonidan asirga olinadi va unga „oʻljaning bir qismi sifatida“ majburan turmushga beriladi. Keyinroq Shayboniyxon Balx viloyatini oʻz oʻgʻliga topshirdi. 1510-yilda Shayboniyxon Marvda vafot etgach, Xonzoda begim 10 yillik ayriliqdan soʻng Qunduzdagi ukasi Bobur huzuriga qaytib keldi. 1512-yilda Xurramshoh vafot etadi.
Xonzoda 1511-yilda oʻttiz uch yoshida (Marv jangida Shayboniyni magʻlub etilgach) Qunduzdagi Bobur huzuriga askar hamrohligida ketadi. Shoh Ismoilning elchisi doʻstlik taklifi va maʼlum shartlarda harbiy yordam koʻrsatishni vaʼda qilib keladi. Buning evaziga Bobur Voisxon Mirzoni sovgʻalar bilan Shoh Ismoil saroyiga yuboradi.
Xonzodaning ikkinchi nikohi nomaʼlum sanada Muhammad Mahdi Xoja bilan boʻlgan. Annett Beveridgening taʼkidlashicha, nikoh uning qaytib kelganidan keyin sodir boʻlgan boʻlishi mumkin.
Xonzoda begim (temuriy) oʻzining aql idroki va tadbirkorligi tufayli saroy ahli orasida yuksak hurmat va eʼzozga sazovor boʻladi. Boburning vafotidan keyin Xonzodabegim Boburnomani nihoyasdiga yetkazib qoʻyadi. Xonzoda begim 1545-yil sentyabrida jiyani Humoyun bilan Qandahordan oʻzining kichik ukasi Kamron Mirzo bilan uchrashish uchun ketayotganida Kobulhaq mavzeida vafot etadi. Uch oydan keyin uning xoki Kobulga keltirib, Bobur maqbarasiga dafn qilinadi.
Ad. Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, T., 1960; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |