Xromofobiya (xromatofobiya[1] yoki xrematofobiya[2]) ranglardan qoʻrqishning bir turidir [2]. Rangga nisbatan asosiy klinik fobiyalar kamdan-kam uchraydi, ranglarga nisbatan ushnu akstaʼsir gormonal reaktsiyalar va psixologik reaktsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin[3].
Xromofobiya mahsulot yoki dizayndagi ranglardan qoʻrquv yoxud oʻzini noqulay his qilishini anglatadi[4]. Hujayra biologiyasida „xromofob“ hujayralar gematoksilin hujayralar tasnifi [5] va xromatoliz bilan bogʻliq [6].
Qizil rangdan qoʻrqish uchun eritrofobiya, sariq rangdan qoʻrqish uchun ksantofobiya va oq rangdan qoʻrqish uchun leykofobiya deb nomlangan noodatiy nomlar bilan ataladi[2]. Qizil rangdan qoʻrqish qondan qoʻrqish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[2].
Xrizofobiya | toʻq sariq rangdan qoʻrqish |
Siyanofobiya | koʻk rangdan qoʻrqish |
Eritrofobiya | qizil rangdan, shuningdek, qizarib ketishdan qoʻrqish |
Glaukofobiya | kul rangdan qoʻrqish |
Kastanofobiya | jigarrangdan qoʻrqish |
Leykofobiya | oq rangdan qoʻrqish |
Melanofobiya | qora rangdan qoʻrqish |
Porfirofobiya | binafsha rangdan qoʻrqish |
Prazinofobiya | yashil rangdan qoʻrqish |
Rodofobiya | pushti rangdan qoʻrqish |
Ksantofobiya | sariq rangdan qoʻrqish |