YUNA | ||
---|---|---|
| ||
Asl nomi | ukraincha: Юна | |
Mamlakat |
![]() | |
Turi | Milliy musiqa mukofoti | |
Kim tomonidan topshiriladi | Pavlo Shilko va Muhammad Zahur | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Koʻrsatkichlari | 3.5 kg | |
Taʼsis sanasi | 2011-yil 27-oktyabrda | |
Birinchi taqdirlash | 2012-yil | |
Navbat | ||
YUNA (shuningdek, Yuna, ukraincha Юна shaklida) — Ukrainada har yili oʻtkazilinadigan professional musiqa mukofoti. „YUNA“ soʻzi Yearly Ukrainian National Awards (Ukrainaning yillik milliy mukofotlari) jumlasining qisqartirilgan abriviaturasidir.
Mukofot 2011-yil 27-oktyabrda taʼsis etilgan. Mukofotning hammuassislari Pavlo Shilko va Muhammad Zahurdir[1]. Mukofotning bosh prodyuseri Pavlo Shilko.
YUNA mukofotining nomzodlari va gʻoliblari nizomga muvofiq professional hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi. Deloitte Touche Tohmatsu auditorlik kompaniyasi hakamlar hay’ati aʼzolari ovozlarini hisoblashning yaxlitligini taʼminlaydi.
„YUNA“ haykalchasining ogʻirligi 3,5 kgni tashkil etadi.
Yetti yil davomida YUNA mukofotining nominatsiyalar soni bir necha bor oʻzgargan. Birinchi taqdirlash marosimidan buyon faqat uchta nominatsiya oʻzgarmay qolgan, bular: „Eng yaxshi musiqiy albom“, „Eng yaxshi qoʻshiq“ va „Eng yaxshi video“ yoʻnalishlaridir.
Birinchi „YUNA“ marosimi Ukraina mustaqilligidan keyin 20 yil davomida Ukraina musiqasi orasidagi eng yaxshilarini taqdirlab kelgan, keyinchalik „YUNA: 20 yillikning eng yaxshisi“ deb qayta nomlandi[2]. Hakamlar hay’ati 28 ta nomzod orasidan 9 nafar gʻolibni aniqlagan. Gʻoliblar 71 nafar hakamlar hay’ati aʼzolari tomonidan saralangan.
„YUNA“ ning birinchi tantanali marosimi 2012-yil 8-fevralda Kiyevdagi „Ukraina“ NPMda boʻlib oʻtgan. Marosimning televizion versiyasi 12-fevral kuni soat 23:00 da „Inter“ kanali tomonidan namoyish etilgan[3] .
2011-yil 12-dekabrda Kiyevdagi „Mantra“ klubida „YUNA“ nomzodlari eʼlon qilingan[4][5][6][7].
Ikkinchi „YUNA“ marosimi (yoki „YUNA-2013“) 2012-yilda chiqarilgan Ukraina musiqasining eng yaxshilarini taqdirlagan[8]. YUNA mukofoti nominatsiyalari roʻyxatiga yangi ikkita yoʻnalish qoʻshilgan boʻlib, bular: „Eng yaxshi duet“ va „Yil yangiligi“ yoʻnalishlaridir[8].
Uchinchi „YUNA“ marosimi (yoki „YUNA-2014“) 2013-yilda chiqarilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilarini taqdirlagan va „YUNA“ — muzika ob'єdnuє! / „YUNA“ — Get United!" / „YUNA“ — musiqa birlashtiradi! shiori ostida oʻtkazilgan[9].
Toʻrtinchi „YUNA“ marosimi (yoki „YUNA-2015“) 2014-yilda chiqarilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilarini taqdirlagan[10] va „Ukraїna. Muzika. Naykraщі!“ / „Ukraina. Musiqa. Eng zoʻr!“ shiori ostida oʻtkazilgan[11].
YUNAning beshinchi taqdirlash marosimi 2015-yilda musiqa sohasida qilingan yutuqlarni etirof etgan. Marosim 2016-yil 25-fevralda boʻlib oʻtgan[12].
Oltinchi marosim 2016-yilda yaratilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilarini taqdirlagan[13]. Marosim 2017-yil 21-fevral kuni Kiyevdagi Ukraina milliy bogʻida boʻlib oʻtgan. mazkur taqdirlash marosimiga Potap mezbonlik qilgan[14].
Yettinchi taqdirlash marosimi 2017-yilda yaratilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilarini taqdirlagan. Yopilish marosimini radio boshlovchi Anatoliy Anatolich olib borgan[15].
2019-yil 22-mart kuni Kiyev „Ukraina“ NPMda boʻlib oʻtgan mazkur sakkizinchi marosim 2018-yilda yaratilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilarini taqdirlagan[16].
2020-yil 9-iyul kuni Kiyev „Ukraina“ NPMda boʻlib oʻtgan toʻqqizinchi taqdirlash marosimida 2019-yilda yaratilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilari etirof etilgan va mukofotlangan[17].
2021-yil 12-may kuni „Ukraina“ Kiev NPM da boʻlib oʻtgan oʻninchi marosimda, 2020-yilda yaratilgan ukrain musiqalarining eng munosiblari mukofotlangan[18] .
2021-yilgi Ukraina musiqasining eng yaxshilarini taqdirlash uchun oʻtkazilgan oʻn birinchi taqdirlash marosimi 2022-yil 16-martda boʻlib oʻtishi kerak edi[19], biroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli tadbir 2022-yil 17-iyulda onlayn formatda boʻlib oʻtgan[20].
2023-yil 18-aprelda onlayn formatda, 2022 yilda taqdim etilgan Ukraina musiqalarining eng yaxshilarini taqdirlovchi oʻn ikkinchi marosimi boʻlib oʻtgan. Harbiy holat voqeligiga moslashtirilgan YUNA-ning yangilangan reglamentiga koʻra, mazkur yilda gʻoliblar hakamlar hay’ati aʼzolari tomonidan butun Ukraina radiostansiyalarida eng koʻp aylangan TOP-100 ta yangi qoʻshiqlar roʻyxatidan tanlangan. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan buyon saralash shu formatda amalaga oshirila boshlangan[21].
2024-yil 23-may kuni Ukraina Kasaba uyushmalari federatsiyasining Xalqaro madaniyat va sanʼat markazida, 2023-yilda ijro etilgan Ukraina musiqalarining eng yaxshilarini taqdirlashning oʻn uchinchi marosimi boʻlib oʻtgan[22] .