Yahyo ibn al-Hakam | |
---|---|
arabcha: يَحْيَى بْنِ الْحَكَم بْنِ أَبِي الْعَاص | |
Madina hokimi | |
Mansab davri 694 – 695 | |
Hukmdor | Abdulmalik |
Oʻtmishdoshi | Hajjoj ibn Yusuf |
Vorisi | Abon ibn Usmon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti | 700-yildan oldin |
Turmush oʻrtogʻi |
Ummu al-Qosim al-Sugʻro binti Abdurahmon ibn Avf |
Munosabatlari |
Umaviylar (ota tomondan) Banu Murra (ona tomondan) |
Bolalari |
Yusuf Omina Ummu Hakim |
Otasi | Al-Hakam ibn Abu al-Os |
Yahyo ibn al-Hakam ibn Abu al-Os (arabcha: يَحْيَى بْنِ الْحَكَم بْنِ أَبِي الْعَاص) (700-yildan oldin vafot etgan) xalifa Abdulmalik (h. 685–705) hukmronligi davrida Umaviylar davlat arbobi bo'lgan. Tuya jangida xalifa Aliga (h. 656–661) qarshi kurashgan. Keyinchalik, Damashqqa koʻchib oʻtgan va u yerda Umaviy xalifalar Muoviya I (h. 661–680) va Yazid I ning (h. 680–683) saroyida xizmat qilgan. Abdulmalik tomonidan Falastin hokimi etib tayinlangan, 692-yilda Damashqni Quddus bilan bogʻlovchi yoʻlning bir qismini qurdirgani uchun bir qancha yozuvlarda nomi keltirilgan. 694/695-yillarda bir yil davomida Madina hokimi boʻlib xizmat qilgan, soʻngra Suriyaning shimoliy chegarasi boʻylab Vizantiya imperiyasiga qarshi bir qator yurishlarga rahbarlik qilgan.
Yahyo al-Hakam ibn Abu al-Osning oʻgʻli, xalifa Marvon I ning kenja ukasi edi (h. 684–685)[1]. Onasi Gʻatafan qabilasining Banu Murra urugʻidan boʻlgan[1]. Marvon, akasi Abdurahmon va Qurayshning boshqa yuqori martabali rahbarlari bilan birga xalifa Aliga (h. 656–661) qarshi 656-yilda Tuya jangida[1] qatnashgan. Urushda Ali gʻalaba qozongan, Yahyo jarohat olib, Basrada Banu Tamim qabilasining bir aʼzosi bilan birga omon qolgan[1]. Qabila aʼzosi uni uzoqdagi amakivachchasi, Suriya hokimi Muoviya ibn Abu Sufyonning Damashqdagi qarorgohiga kuzatib qoʻygan[1]. Yahyo xalifa Muoviya (661–680) va uning oʻgʻli, vorisi Yazid I (h. 680–683) davrida Damashqa istiqomat qilgan[1]. 680-yilda Karbalo jangida Alining oʻgʻli, Islom paygʻambari Muhammadning nabirasi Husayn ibn Alining Yazid qoʻshini tomonidan oʻldirilganini ochiq qoralanadi[1].
685–694-yillar orasida Yahyoning jiyani, xalifa Abdulmalik ibn Marvon (h. 685–705) uni Falastin hokimi etib tayinlagan[1]. Xalifa Abdulmalik nomidan Golan tepaliklaridagi Fiq dovoni orqali oʻtadigan yoʻl qurilishiga rahbarlik qilgani qayd etilgan yozuvlar topilgan[2]. Yozuv 692-yilning may yoki iyun oylariga toʻgʻri keladi[1], bu yoʻl poydevori haqidagi eng qadimgi islomiy yozuvlardan biri hisoblanadi[1].
694/695-yillarda Yahyo Madinaga hokim etib tayinlangan[3]. Keyingi yili esa Damashqqa chaqirilgan[1], bu davrda Malatya va al-Massisaning yaqinida vizantiyaliklarga qarshi yurishlarni boshqargan. 697/698-yillarda Marj ash-Shahmdagi Vizantiya qal’asiga qarshi yurishga rahbarlik qilgan[3]. Yahyo ibn al-Hakam 700-yildan[1] oldin vafot etgan. Qabri Golan tepaliklaridagi Katzrin shahridan topilgan.
Yahyo Madina voliyi boʻlgan davrda Muhammad paygʻambarning yetakchi sahobalaridan biri Abdurahmon ibn Avfning qizi Ummu al-Qosim al-Sugʻro bilan nikohda boʻlgan[4]. Yahyoning oʻgʻli Yusuf xalifa Abdulmalik hukmronligining oxirlarida Mosul hokimi boʻlib xizmat qilgan, uning oʻgʻli al-Hurr va nabirasi Yahyo ibn al-Hurr 727–732 va 732-yillarda viloyatda xizmat qilgan[5]. Yahyoning qizlaridan biri Amina xalifa Abdulmalikning oʻgʻli, boʻlajak xalifa Hishomga turmushga chiqqan[5]. Keyinchalik[6], yana bir qizi Ummu Hakim xuddi onasi Zaynab binti Abdurahmon kabi oʻzining goʻzalligi va sharobga boʻlgan muhabbati bilan mashhur boʻlgan[7] va Hishomga turmushga chiqqan. Ummu Hakim xalifadan besh nafar[8], jumladan, Sulaymon[9], Maslama[7], Yazid al-Afqom[10], Muoviya[4] ismli oʻgʻil koʻrgan. Ummu Hakimning oʻgʻli Abdurahmon I 756-yilda Kordova amirligiga asos solgan.
Oldingisi | Madina hokimi 694–695 |
Keyingisi |