Shiori | Never Ending Success |
---|---|
Turi | Xususiy universitet |
Asos solingan sanasi | 1992 |
Rektori | Shlomo Weber |
Talabalari | 457 (2019) |
Doktorantura | 178 |
Professorlari | 54 |
Joylashuvi |
Yangi iqtisodiyot maktabi (NES) (ruscha: Российская экономическая школа, РЭШ–„Rossiya Iqtisodiyot maktabi“ nomi bilan tanilgan) – Moskva, Rossiyadagi iqtisodiyot maktabi.
Energiya va tabiiy resurslar iqtisodiyoti (energetika iqtisodiyoti boʻyicha magistrlatura,)
Moliya, investitsiyalar, banklar (moliya boʻyicha magistratura kurslari)
Hozirgi kunda NESni 2390 nafar iqtisodchi tamomlagan. Ularning 90 foizi xususiy sektorda faoliyat olib bormoqda. 350 ga yaqin NES bitiruvchilari doktorantura dasturlari boʻyicha oʻqishlarini davom ettirdilar.
80 dan ortiq fan nomzodlari AQSh va Buyuk Britaniyaning MIT, Prinston universiteti, Stenford, Yel, Kaliforniya universiteti, Berkli, Kolumbiya, UPenn, NYU, LSE, LBS kabi taʼlim dargohlarida hamda Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kabi tashkilotlarda faoliyat olib boradi.
FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich, Rossiya banki raisining birinchi oʻrinbosari Kseniya Yudaeva, Chikago universiteti Xarris davlat siyosati maktabi professori Konstantin Sonin, 2022–yilgi Jon Beyts Klark mukofoti gʻolibi Oleg Itsxokikabi nufuzli shaxslar NESning eng koʻzga koʻringan bitiruvchilari sirasiga kiradi.
NES professorlarining 90% dan ortigʻi Garvard, MIT, Kolumbiya, NYU, LBS, Viskonsin-Madison va shu kabi nufuzli universitetlarning iqtisodiyot va moliya fanlari boʻyicha doktorlik darajasiga ega. NES chet eldan professorlarni ishga qabul qila boshlagan Rossiyadagi birinchi universitet hisoblanadi.
NESda quyidagi tadqiqot markazlari mavjud: 2011–yilda tashkil etilgan Demografik tadqiqotlar markazi va 2013–yilda bosh ilmiy xodim, professor Shlomo Veber bilan hamkorlikda tashkil etilgan xilma-xillik va ijtimoiy oʻzaro taʼsirlarni oʻrganish markazi, va iqtisodiy va moliyaviy tadqiqotlar markazi[1].
Yangi Iqtisodiyot maktabi quyidagi reytingga ega:
2014–yilda NES Skolkovodagi yangi kampusga koʻchib oʻtdi, u akademik hayot va zamonaviy auditoriyalarni sport va dam olish maskanlari bilan birlashtirish maqsadida qurilgan.