Yevgeniya Shishkova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Asl ismi | Евгения Васильевна Шишкова |
Toʻliq ismi | Yevgeniya Vasilevna Shishkova |
Davlat |
Rossiya MDH Sovet ittifoqi |
Tavalludi |
18-dekabr 1972-yil Leningrad, Rossiya, Sovet Ittifoqi |
Boʻyi | 147 sm |
Sherigi | Vadim Naumov[1] |
Oldingi murabbiylari |
Natalya Pavlova Lyudmila Velikova N. Pirogova |
Yakunlagan | 1998 |
Yevgeniya Vasilevna Shishkova (ruscha: Евгения Васильевна Шишкова; 1972-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — figurali uchish boʻyicha rossiyalik murabbiy va sobiq sportchi. Turmush oʻrtogʻi Vadim Naumov bilan 1994-yilda jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. Soʻngra, 1995-1996-yillardagi Chempionlar seriyasi finalida ham gʻolib boʻlgan[2].
Naumovning murabbiyi 1985-yilda Yevgeniya Shishkovani oʻzining shogirdi Vadim Naumov bilan tanishtiradi. Murabbiy ularning birgalikda konkida uchishlarini xohlardi. Naumov dastlab bu gʻoyani rad etdi, chunki u oʻzining sheriklarini oʻzgartirishni xohlamadi. Biroq, bir qancha sinovlardan soʻng Naumov va Shishkova birga ishlashga rozi boʻlishadi. Ular 1987-yildan birga qatnasha boshlaganlar[3].
1991-yilda Shishkova va Naumov Yevropa chempionatida oʻzlarining birinchi bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, jahon chempionatida 5-oʻrinni egallashdi. Keyingi mavsumda ular Olimpiya oʻyinlarida oʻzlarining birinchi chiqishlari bilan ishtirok etishdi. 1992-yili Fransiyaning Albertvil shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiyadada qatnashib, beshinchi oʻrinni egalladilar[4].
Shishkova bilan Naumov 1993-yilgi jahon chempionatida qatnashib, jahon miqyosida oʻzlarining birinchi medali — bronzani qoʻlga kiritdi. Keyingi yili bu juftlik 1994-yilda Norvegiyaning Lillehammer shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiyada oʻyinlarida 4-oʻrinni egalladi. Ular mavsumni jahon chempioni boʻlish bilan yakunladilar[5].
Shishkova va Naumov 1995-yilda dunyo miqyosida oʻzining uchinchi medali — kumushni qoʻlga kiritishdi. 1991-1995-yillarda esa juftlik beshta Yevropa medalini ham qoʻlga kiritishga muyassar boʻldi. 1996-yilning fevral oyida ular 1995-1996-yillardagi Chempionlar seriyasi finalida oltin medalga sazovor boʻldi (keyinchalik bu final nomi Grand-Pri finali deb oʻzgartirildi)[6].
1996-yilda oʻtkazilgan jahon chempionatida Shishkova bilan Naumov qisqa dasturdan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Uzoq dasturda toʻrt nafar hakam oltin medal sohiblari Marina Eltsova bilan Andrey Bushkovga birinchi oʻrin uchun ovoz berdi. Toʻrt nafar hakam esa Shishkova va Naumov juftligini yoqlab ovoz berishiga qaramay, qolgan besh hakamning past baholari tufayli ular shohsupaning 4-oʻrinida qoldi[7].
Shishkova bilan Naumov 1998-yildagi Qishki Olimpiyada terma jamoasiga kirmagan. Ular 1998-yilda ISU musobaqasidan chiqib ketishga va professional tarzda konkida uchishga qaror qilishadi. Bu juftlik 1998-yilning aprel oyida boʻlib oʻtgan professional jahon chempionatida g‘olib chiqadi. Keyin ular Konnektikut shtatining Simsberi shahridagi Xalqaro konkida uchish markazida murabbiylikni boshlashadi. Ular 2017-yili fevral oyida Boston konkida uchish klubiga ko‘chib o‘tishadi[8][9].
Shishkova va Naumov 1995-yilning avgustida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida turmush qurishdi. Ular 1998-yilda esa Konnektikutning Simsberi shahriga borib joylashadilar. Ularning oʻgʻil farzandi Maksim Naumov 2001-yilning avgust oyida tugʻilgan boʻlib, hozirda figurali uchish bo'yicha Amerika Qoʻshma Shtatlari uchun erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida qatnashadi[10].
GP: Chempionlar seriyasi (Grand-Pri)
Naumov bilan:
Xalqaro | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tadbir | 89-90 | 90-91 | 91-92 | 92-93 | 93-94 | 94-95 | 95-96 | 96-97 | 97-98 | |
Qishki Olimpiya oʻyinlari[11] | 5 | 4 | ||||||||
Jahon chempionati | 5 | 5 | 3 | 1-chi | 2 | 4 | ||||
Yevropa chempionati | 3 | 3 | 3 | 2 | 3 | 5 | ||||
GP finali | 1-chi | 5 | ||||||||
Rossiya GP kubogi | 2 | |||||||||
GP NHK kubogi | 1-chi | 2 | ||||||||
GP Skate America | 2 | |||||||||
GP Skate Canada | 1-chi | |||||||||
Muz ustida raqslar | 1-chi | |||||||||
Yaxshi niyat oʻyinlari | 3 | |||||||||
Internationaux de Paris | 1-chi | |||||||||
Moskva yangiliklari | 5 | |||||||||
Millatlar kubogi | 2 | 1-chi | ||||||||
Nebelhorn kubogi | 2 | |||||||||
NHK kubogi | 1-chi | 1-chi | ||||||||
Skate America | 3 | 1-chi | 2 | |||||||
Skate Canada | 2 | |||||||||
Milliy | ||||||||||
Rossiya chempioni. | 1-chi | 3 | 1-chi | 3 | ||||||
Sovet chempionati | 1-chi[12] | 2 |