Yorqin Odilov | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi | 28-iyun 2000-yil |
Mukofotlar |
![]() ![]() |
Sport | |
Qaysi sport | Para yengil atletika (Nayza va yadro uloqtirish) |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari | ||
Oltin | Parij 2024 | Nayza uloqtirish |
Jahon chempionati | ||
Kumush | Parij 2023 | Nayza uloqtirish |
Yozgi Paraosiyo oʻyinlari | ||
Kumush | Xanchjou 2022 | Nayza uloqtirish |
Odilov Yorqinbek Olimbek oʻgʻli (2000-yil 28-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning nayza uloqtirish va yadro uloqtirish yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi[1]. Paralimpiya chempioni. „Shuhrat“ medali sohibi[1].
Yorqin Odilov 2000-yil 28-iyunda tugʻilgan[1].
Fargʻona davlat universitetida tahsil olgan[manba kerak].
2017-yilda Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosiga aylangan. Murabbiyi – Yaxyo Yakubov[1].
2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[1].
2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Nayza uloqtirish boʻyicha F57 toifasidagi musobaqada ishtirok etib, 11.71 m natija qayd etgan holda 9-oʻrinda musobaqani yakunlagan[2].
2023-yilda Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida nayza uloqtirish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bu natija Yorqin Odilovga 2024-yilgi Yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkonini taqdim etgan[1].
2024-yilda Parijda oʻtkazilgan paralimpiya oʻyinlarida 50.32 m natija bilan nayza uloqtirish (F57 klassda) boʻyicha paralimpiya chempioniga aylangan[3][4][5][6].