Yuriy Golub | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
16-aprel 1996-yil Mogilyov viloyati, Belarus Respublikasi |
Sport | |
Qaysi sport | Biatlon |
Yuriy Golub (belaruscha: Юрый Аляксандравіч Голуб; 1996-yil 16-aprelda Belarus Respublikasining Mogilyov viloyatida tugʻilgan) — belaruslik koʻzi ojiz changʻichi va biatlonchi. Toʻrt karra Pxyonchxan — 2018 olimpiadasi sovrindori, ikki karra chempion (2022) va jahon chempionatining bronza medali sohibi (2017). Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
Yuriy Golub 1996-yil 16-aprelda Gluskda tugʻilgan[1].
Glusk shahridagi 2-sonli oʻrta maktabda oʻqigan, keyin Belarus davlat pedagogika universitetiga oʻqishga kirgan. 2018-yilgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etayotgan paytida Golub BDPU magistratura talabasi edi.
Sport bilan bir qatorda musiqaga ham qiziqadi[2].
Otasi sababli olti yoshida changʻi uchishni boshlagan[2]. Oʻzining aytishiga qaraganda, u ikkinchi kursda oʻqib yurganida tasodifan murabbiy bilan uchrashib qolgan va shu tarzda sportga kirib kelgan.
2016-yilda Vuokattida boʻlib oʻtgan chamgʻi sporti boʻyicha jahon chempionatidagi ishtirok bilan Belarus terma jamoasi safida debyut qilgan[3]. Oʻsha yili Belarus chempionatida gʻolib boʻlgan.
2017-yilda birinchi marta nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida changʻi sporti boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etdi. Finsterauda boʻlib oʻtgan chempionatda 10 km masofaga erkin usulda yugurish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 20 km masofaga klassik uslubda yugurishda toʻrtinchi, estafetada beshinchi, sprintda yettinchi va 7,5 kmga biatlon poygasida sakkizinchi oʻrinni egalladi[1].
2018-yil mart oyida Pxyonchxandagi paralimpiya oʻyinlarida oʻz ishtirokini boshlagan. Yuriy Golub koʻzi ojiz biatlonchilar va tramplindan sakrovchilar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnashgan. Biatlonda ikkita medalni qoʻlga kiritgan: 12,5 km poygada oltin va 7,5 km poygada kumush[1]. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan musobaqasida 39 marraga yetib kelish uchun 39 daqiqa sarflagan. Mazkur koʻrsatkich 2-oʻrindagi sportchinikidan 2,7 soniyaga yaxshiroq boʻlgan[4]. Qishki olimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlgan kuni sportchini Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko shaxsan tabriklagan[5].
20 km masofaga changʻi poygasida Golub ikkinchi oʻrinni egallagan. 10 km masofada oʻtkazilgan bahslarda esa bronza medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u biatlon boʻyicha jamoaviy estafetada toʻrtinchi oʻrinni va klassik sprintda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan[3]. Pxyonchxandagi paralimpiya oʻyinlari natijalariga koʻra, Yuriy Golub Mogilyev viloyatida yilning eng yaxshi sportchilaridan biri deb topilgan[2].
2020-yilda Golub koʻzi ojiz sportchilar oʻrtasida biatlon boʻyicha „Blur globus“ sovrinini qoʻlga kiritgan[6].
2022-yilning yanvar oyida Lillexamerda boʻlib oʻtgan changʻi poygasi boʻyicha paralimpiyachilar oʻrtasidagi jahon chempionatida Yuriy Golub gid Vladimir Chepelin bilan birgalikda 6 km va 12,5 km masofalarda oʻtkazilgan poygada ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan[7].