Zakaspiy antropologik tipi

Zakaspiy antropologik tipi — asosiy vakillari turkmanlardan tashkil topgan antropologik tip. Qoraqalpoqlar (Xorazm voxasidagi), balujlar va eroniylarning tarkibida ham uchraydi. L. V. Oshanin O'rta Osiyoning jan. viloyatlarida, yaʼni Amudaryoning jan.gʻarbida yashaydigan antropologik tipni 3. a. t. deb nomlagan. 3. a. t. vakillari baland boʻyli, boshi uzun mezokefal (qarang Bosh koʻrsatkichi), koʻzi, sochlari va badanidagi junlar kora, yuzi choʻzinchoq, tor va oʻrta kenglikda, burni toʻgʻri va oʻrta kenglikda. 3. a. t.ga mansub odam ajdodlarining suyaklari Jan. Turkmanistonda neolit va jez davriga oid. Tojikiston, Oʻzbekiston, Orolning jan. tomonlari va Gʻarbiy Qozogʻistonning baʼzi joylarida jez davriga oid yodgorliklarda ham topilgan. Jan. Pomir saklari, Yettisuv usunlari ham 3. a. t.ga mansub boʻlgan.

  • Oshanin L. V., Zezenkova V. Ya ., Voprosi etnogeneza narodov Sredney Azii v svete dannix antropologii, sb. statey, T., 1953; Oshanin L. V., Antropologicheskiy sostav naseleniya Sredney Azii i etnogenez yeyo narodov, v 3x ch., ch. 1—3, Yerevan, 196759.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil