Zeliha Ağrıs | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Turkiya |
Tavallud sanasi |
20-yanvar 1998-yil Beyşehir, Konya viloyati, Turkiya |
Faoliyat yillari | 2008— |
Boʻyi | 1.74 m |
Sport | |
Mamlakat | Turkiya |
Qaysi sport | Taekvondo |
Zeliha Ağrıs (1998-yil 20-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik taekvondochi. 2017-yilda super yengil vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.
Zeliha Ağrıs 1998-yil 20 yanvarda Konya viloyatining Beyşehir shahrida tugʻilgan. Konya shahrida ulgʻaygan[1][2][3]. Otasi restoran boshqaruvchisi boʻlgan[4].
Bolaligida juda qiziqqon qiz boʻlgan[5]. Yaqin-atrofdagi sport zallaridan birida taekvondo mashgʻulotlarini tomosha qilib, mazkur sport turiga qiziqib qolgan. Dastlab otasi qizini taekvondoga bilan shugʻullanishiga rozi boʻlmagan. Murabbiy Zelihaning otasini koʻndirgan[4]. Zeliha oʻn yoshida taekvondo bilan shugʻullana boshlagan[5]. Keyinchalik ota-onasi uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan[5].
U Konya shahridagi Selçuk universitetining jismoniy fanlar yoʻnalishida tahsil olgan.
2011-yilgi Gruziyaning Tbilisi shahrida oʻtkazilgan tekvondo boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida xalqaro maydondagi debyutini amalga oshirgan[6].
Portugaliyaning Portu shahrida boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida xalqaro musobaqalardagi ilk medalini qoʻlga kiritgan. −55 kg vazn toifasida bronza medali sohibasiga aylangan[7]. 2014-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan Telleborg open turnirining −55 kg vazn toifasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[8]. Ağrıs Latviyaning Daugavpils shahrida oʻtgan 2015-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medal sohibasiga aylangan[4]. Shveytsariyaning Montreux shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan[9]. Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan 21 yoshgacha boʻlgan Yevropalik taekvondochilar oʻrtasidagi chempionatda bronza medalini[10] va 2017-yilgi Islom birdamigi oʻyinlarida (Ozarbayjon, Boku) kumush medalini qoʻlga kiritgan[11]. Janubiy Koreyaning Muju shahrida oʻtgan 2017-yilgi jahon chempionatlarida oʻz vazn toifasida oltin medal sohibasiga aylangan[12]. Yarim finalda Dinorahon Mamadibragimova va finalda Tatiana Kudashovani magʻlub etgan[13].