Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | 朱建荣 | ||
Tavallud sanasi | 12-iyul 1991-yil | ||
Tavallud joyi |
Qingdao, ![]() | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005—2008 | Qingdao Jonoon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2016 | Qingdao Jonoon | 159 | (23) |
2017- | Shanghai Shenhua | 35 | (7) |
2020 | → Qingdao Huanghai (ijara) | 16 | (4) |
2021 | → Qingdao (ijara) | 13 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2010 | China U-20 | 4 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (3-yanvar 2022-yil uchun) |
Zhu Jianrong (1991-yil, 12-iyulda Qingdaoda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasi vakili Qingdao Huanghai jamoasida Shanghai Shenhuadan ijara asosida oʻynaydi.
Zhu Jianrong oʻzining professional futbolchilik faoliyatini Qingdao Jonoon jamoasida boshlagan, u yerda 2009-yil, 23-martda Hangzhou Greentownga qarshi liga oʻyinida kattalar safida debyut qilgan, ammo uning jamoasi 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan.[1] Mavsum davomida u birinchi navbatda oʻrinbosar sifatida foydalanilgan. Keyingi mavsum Zhu klub safida oʻzining birinchi golini 2010-yil, 17-aprelda Liaoning Whowinga qarshi oʻyinda 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan liga oʻyinida kiritgan.[2] Zhu 2013-yil Xitoy Superligasi mavsumi oxirida klub ikkinchi ligaga tushib ketgunga qadar oʻzini jamoaning muhim aʼzosi sifatida koʻrsatishni davom ettirdi.[3] Shunga qaramay, u klub Xitoy FAning shartnomani uzaytirish boʻyicha qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgunga qadar jamoaga sodiq qoldi, klub aybdor deb topilganda jazo sifatida klubdab 7 ochko olib tashlandi, bu esa klubning 2014-yilgi liga mavsumida koʻtarilishiga jiddiy toʻsqinlik qildi.[4] 2016-yilgi liga mavsumiga kelib klub quyi ligaga tushib ketmoqchi edi va Zhu jamoani tark etishga qaror qildi.[5]
2016-yil, 1-dekabrda Zhu Superliga vakili Shanghai Shenhuaga oʻtdi.[6] U klubdagi debyutini 2017-yil, 20-may kuni mahalliy raqibi Shanghai SIPGga qarshi kechgan oʻyinda (3:1) Sun Shilinning oʻrniga maydonga tushdi.[7] Mavsum davomida u juda kam maydonga tushirilgi, biroq u oʻzining birinchi golini kiritishga muvafaq boʻldi. 2017-yil, 29-oktabrda Yanbian Funde FCga qarshi oʻyinda (5:1) klub safida gol urdi.[8]
Zhu Jianrong 2010-yilgi Osiyo U-19 chempionatida qatnashgan 20 yoshgacha boʻlgan Xitoy terma jamoasiga chaqirildi va u yerda toʻrtta oʻyinda maydonga tushib, turnir davomida Xitoy terma jamoasi safida bitta gol urdi.[9]
2022-yil, 12-yanvar holatiga koʻra
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Qingdao Jonoon | 2009 | Chinese Super League | 13 | 0 | - | - | - | 13 | 0 | |||
2010 | 22 | 3 | - | - | - | 22 | 3 | |||||
2011 | 23 | 6 | 1 | 0 | - | - | 24 | 6 | ||||
2012 | 20 | 3 | 1 | 0 | - | - | 21 | 3 | ||||
2013 | 23 | 0 | 1 | 0 | - | - | 24 | 0 | ||||
2014 | China League One | 24 | 5 | 3 | 2 | - | - | 27 | 7 | |||
2015 | 22 | 4 | 0 | 0 | - | - | 22 | 4 | ||||
2016 | 12 | 2 | 1 | 0 | - | - | 13 | 2 | ||||
Jami | 159 | 23 | 7 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 166 | 25 | ||
Shanghai Shenhua | 2017 | Chinese Super League | 11 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 11 | 3 | |
2018 | 11 | 4 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 12 | 4 | ||
2019 | 13 | 0 | 2 | 1 | - | - | 15 | 1 | ||||
2020 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 1 | - | 4 | 1 | |||
Jami | 35 | 7 | 2 | 1 | 5 | 1 | 0 | 0 | 42 | 9 | ||
Qingdao Huanghai (ijara) | 2020 | Chinese Super League | 16 | 4 | 0 | 0 | - | - | 16 | 4 | ||
Qingdao (ijara) | 2021 | 13 | 2 | 1 | 3 | - | 2 | 0 | 16 | 5 | ||
Karyera jami | 223 | 36 | 10 | 6 | 1 | 0 | 2 | 0 | 240 | 43 |
Shanghai Shenhua