Šako Polumenta | |
---|---|
Polumenta (2010-yil) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
27-mart 1968-yil |
Janrlar | folk-pop |
Kasbi | qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1993-yildan beri |
Leybllar | Gold Music (2002–beri) |
Fuqaroligi | Chernogoriya |
Turmush oʻrtogʻi | Vesna Polumenta |
Bolalari | Rijalda va Rijana |
Veb-sayt | sakopolumentaofficial.com |
Sakib „Šako“ Polumenta (27-mart 1968-yilda tugʻilgan) – sobiq Yugoslaviya tarkibidagi respublikalarda mashhur boʻlgan chernogoriyalik pop-folk qoʻshiqchisi.
Polumenta Chernogoriyaning shimolidagi (oʻsha paytda Yugoslaviya tarkibiga kirgan) Bijelo Polje shahrida bosniyaliklar oilasida tugʻilgan.
1998-yilda Sakib Vesna Polumenta bilan turmush qurgan[1]. Ularning Adis ismli oʻgʻli, Rijalda va Rijana ismli qizlari bor[2].
Qizi Rijalda (1989-yilda tugʻilgan) 2012-yilda turmushga chiqqan[3].
Taniqli qoʻshiqchi Dado Polumenta uning amakisi boʻlib, qoʻshiqchining faoliyatini boshlashiga yordam bergan.
Polumenta oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida Chernogoriya uchun noodatiy boʻlgan serb Ekavian lahjasida qoʻshiq aytgan, ammo aynan shu narsa unga katta shuhrat keltirgan.
Polumenta oʻz faoliyatini 1993-yilda boshlagan. Podgoritsa, Belgrad va Ulinjasda bir nechta uyi bor. Oʻz qoʻshiqlarini koʻpincha Belgraddagi „River“ nomli kemadagi restoranida qoʻshiq kuylagan. Polumenta pop musiqasini anʼanaviy Bolqon musiqiy uslublari bilan uygʻunlashtirishi unga katta shuhrat keltirgan[4].
Sakib yosh qiz bilan munosabatda boʻlgani haqidagi jinsiy mojarodan soʻng yanada koʻproq shuhrat qozongan. Ommaviy axborot vositalarida qizning yoshi 16 da ekanligini keltirilgach, bu katta shov-shuvga aylangan. Sakibning pedofillikda ayblanishi deyarli uning faoliyatini tugashiga olib kelgan[5]. Keyinchalik Sakib Serbiya va Chernogoriya ommaviy axborot vositalarida ijaradagi uyi oldida 4 kun davomida yigʻilgan chiqindilarni olib tashlamagani uchun juda masʼuliyatsiz qoʻshiqchi sifatida tanqid qilingan. Bu xabardan keyin Sakib qoʻshnilarini ayblab, haqorat qila boshlagan, ammo uning oʻzi bino atrofidagi chiqindilarni tozalashga majbur boʻlgan[6].