Leopard, Quyon va oq ayiq Леопард, Зайка, Белый Мишка (rus tilida) | |
---|---|
2014-yilgi Qishki Olimpiya o'yinlari maskotlari (Sochi) | |
Yaratuvchilar | Silvia Petrova, Vadim Pak and Oleg Serdechny |
Ahamiyati | A leopard, a quyon and a Oq ayiq |
Qorparcha va Nur Снежинка, Лучик (in Russian) | |
---|---|
2014-yilgi Qishki Paralimpiya o'yinlari maskotlari (Sochi) | |
Yaratuvchilari | Natalia Balashova and Anna Zhilinsky |
Ahamiyati | A qorparcha and a nur |
Oʻnta Olimpiya va uchta Paralimpiya maskotlari dizaynlarining qisqa roʻyxati 2011-yil 7-fevralda ommaga namoyish etildi.2014-yilgi Qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining maskotlari 2011-yil 26-fevralda eʼlon qilingan [1].[2]
2008-yil 2-mart kuni Rossiya Prezidenti saylovi bilan bir qatorda Sochida 2014-yilgi Qishki Olimpiya o'yinlarining maskotini tanlash uchun norasmiy saylovlar bo'lib oʻtdi. 270 ming saylovchi o'z byulletenlari bilan birga to'rtta maskot nomzodi: Ded Moroz, qor parchasi, oq ayiq va delfin kuponlarini olishdi. Sochi shahar maʼmuriyati vakilining so'zlariga koʻra, Sochi aholisining aksariyati delfin uchun ovoz bergan[3]. Biroq, logotip va maskotni rasman tanlaydigan Sochi tashkiliy qoʻmitasi vakillari, sochiliklarning fikrini hurmat qilgan holda, bunday tartib keyinroq o'tkazilishi toʻgʻrisida bayon qilishadi. Shuningdek, ular maskotlarning yakuniy dizaynini mamlakatning barcha fuqarolari fikrining konsensusi va professional dizaynerlar va bozor tahlilchilarining ishining natijasi boʻlishi kerakligini taʼkidladilar[4].
2010-yil 1-sentyabrdan 5-dekabrgacha Rossiyada umummilliy dizayn tanlovi boʻlib o'tdi.[5] Tanlovga 24 000 ta dizayn nomzod sifatida taqdim etildi[2].
Dizaynlarning qisqa roʻyxati 2010-yil dekabr oyida, hakamlar hayʼati minglab dizaynlarni koʻrib chiqqandan so'ng eʼlon qilindi.[2]. Endi Olimpiya o'yinlari uchun o'n bitta dizayn gʻoyasi va Paralimpiya oʻyinlari uchun ikkita dizayn gʻoyasi qoldi. 2011-yil 7-fevralda saralangan dizaynlar ommaga taqdim etildi. Rossiyaning Birinchi kanalida [6] jonli teleko‘rsatuvda rossiyaliklar o‘zlarining sevimli maskotiga ovoz berishda qatnashishgan [2].
Maskot tanlash jarayonining muvaffaqiyatiga qaramay, maskotlarga qarshi baʼzi ayblovlar qo'yildi. Ayiqni siyosatchi Sergey Mironov ham hozirgi hukmron partiya bo‘lmish “Yagona Rossiya” (inglizcha: United Russia) siyosiy partiyasining maskotiga o‘xshatib ko‘rgan, bu esa siyosiy tashviqotda ayblanishga sabab bo‘lgan[9]. 1980-yilgi Moskva olimpiya oʻyinlari maskotining dizayneri Misha Viktor Chijikov 2014-yil Sochi Olimpiadasi uchun oq ayiq maskotini (nomi Белый Мишка ) dizaynerini plagiatda aybladi. Chijikovning taʼkidlashicha, Belyning yuz qiyofasi hammasi Mishadan olingan va "ular uni shunchaki pompalab, semirtirib qoʻyishgan". Chijikov, shuningdek, Bely va boshqa ikkita maskot (Quyon va Leopard) shaxsiyatsizligidan shikoyat qildi. Ushbu muammolar natijasida, shuningdek, Mishaga mualliflik huquqidan mahrum bo'lganligi sababli, Chijikov 2014-yilgi Qishki Olimpiya o'yinlarining yopilish marosimi tashkilotchilarining iltimosiga binoan yordam berishdan bosh tortdi[10].
Zoich (yoki ZOIЧ) XXII Qishki Olimpiada oʻyinlari uchun tavsiya etilgan maskot boʻlib, 2014-yil Sochi oʻyinlari uchun maskotni tanlash boʻyicha rasmiy onlayn soʻrovnomada birinchi oʻrinni egalladi. Ommabop Internet qahramoni boʻlishiga qaramay, qoʻmita uni ovoz berishning yakuniy bosqichiga kiritmaslikka qaror qildi. Taqdim etilgandan so'ng va onlayn ovoz berish tugaguniga qadar u taqdim etilganlardan eng mashhur maskot bo'ldi. Zoichning yuqori o'rinni egallashi uchun ham bor-yo'g'i 40 daqiqa vaqt kerak bo'lgandi. Turkum:Olimpiyada Sportga doir maqolalar:
Vikiomborda 2014-yilgi Qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining maskotlari haqida turkum mavjud |