Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Nikolayevich Averyanov | ||
Tavallud sanasi | 1-oktyabr 1948-yil | ||
Tavallud joyi | Vladivostok | ||
Vafot sanasi |
15-iyun 2021-yil (72 yoshda) | ||
Boʻyi | 1.63 m[1] | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1966-1969 | Chernomorets Odessa | 9 | (0) |
1969-1971 | Sudostroitel Nikolayev | 114 | (7) |
1972 | Zvezda Tiraspol | (8) | |
1973-1974 | Sudostroitel Nikolayev | 41 | (14) |
1975 | Zarya Voroshilovgrad | 25 | (4) |
1976 | Lokomotiv Moscow | 5 | (0) |
1976 | Sudostroitel Nikolayev | 8 | (2) |
1976-1981 | Lokomotiv Moscow | 161 | (22) |
Boshqargan klublari | |||
1984 | Tekstilchi-Andijon | ||
1985 | Shahrixon | ||
1986-1987 | Paxtakor-Andijon | ||
1988 | AGMK | ||
1989-1993 | Okean Naxodka | ||
1994 | Spartak Anapa | ||
1994-1998 | Krilya Sovetov-Samara | ||
1999 | Shinnik Yaroslavl | ||
1999-2000 | Uralan Elista | ||
2000-2001 | Alania Vladikavkaz | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Aleksandr Nikolayevich Averyanov (ruscha: Александр Николаевич Аверьянов; 1948-yil 1-oktyabr — 2021-yil 15-iyun) — sovet va rus professional futbolchisi va murabbiyi.
Aleksandr Averyanov futbolchi sifatida oʻz faoliyatini 1966-yilda SSSR oliy ligasida „Chernomorets-Odessa“ jamoasi safida boshlagan. 1966—1967-yillarda UEFA yoshlar oʻrtasidagi koʻplab turnirlar gʻolibi boʻlgan.
Averyanov „Sudostroitel“ klubi safida 1969—1971, 1973—1974, 1976-yillarda uch marta maydonga tushadi. SSSR chempionatlarida futbolchi 163 ta oʻyin oʻtkazib, jami 23 ta gol urgan. 1969-yilgi SSSR kubogi chorak finalida Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga qarshi oʻyinda raqib darvozasiga 1 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Lvovning „Karpati“ jamoasi bilan kechgan yarim final bahslarida uning jamoasi magʻlubiyatga uchraydi. „Sudostroitel“ klubi tarkibida 1974-yilda boʻlib oʻtgan Ukraina SSR chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi, xuddi shu musobaqaning 1971-yilgi bahslarida kumush medalni va 1973-yilgi oʻyinlarida esa bronza medallarini qoʻlga kiritadi. 1974- yilda Averyanov „Ikkinchi liga oʻyinlarining eng yaxshi 22 futbolchisi“ roʻyxatiga „oʻng qanot yarim himoyachisi“ sifatida kiritiladi.
Aleksandr Averyanov futbolchilik faoliyati davomida, shuningdek, Moskvaning „Lokomotiv“ klubi tarkibida bir nechta oʻyin oʻtkazgan.
Averyanov oʻzining murabbiylik faoliyatini O‘zbekiston SSRda boshlagan va 5 yil davomida Oʻzbekistonning turli klublarida murabbiy sifatida faoliyat koʻrsatgan.
1989—1993-yillarda Averyanov „Okean“ klubiga murabbiylik qilgan. Jamoa bilan birgalikda 1989-yilda RSFSR kubogini qoʻlga kiritgan, 1991-yilda esa klubni SSSR chempionatining birinchi ligasiga olib chiqqan. 1992—1993-yillarda klub Rossiya chempionatining oliy liga bahslarida munosib ishtirok etgan.
Aleksandr Averyanov 2006-yilda (iyul oyiga qadar) Qozogʻistonning „Atirau“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan.
2006-yil 27-iyulda Averyanov ''Gazovik" klubiga murabbiylik qilib kelayotgan Boris Sinitsyn oʻrniga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Uning qoʻl ostida jamoa uch marta (2006, 2007, 2008) Ikkinchi liga (Ural-Volga zonasi) kumush medali sohibiga aylanadi. 2008-yilda Rossiya kubogining 1/16 finaliga chiqishga erishadi, bu esa jamoaning futbol tarixidagi eng katta yutugʻi boʻlgan.
2012-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etuvchi Andijonning „Andijon“ klubiga murabbiylik qiladi. U, shuningdek, bundan oldin ham ushbu jamoa safida 1984 va 1986—1987-yillarda murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2012-yilning 22-avgust kuni „Sho‘rtan“ klubidan yirik hisobdagi mag‘lubiyatidan so‘ng Averyanov jamoani tark etadi, biroq klubning yangi murabbiyi „Andijon“ni oliy liga bahslarida ishtirok etish imkoniyatini saqlab qola olmaydi.
2009-yil 23-dekabrdan — Sankt-Peterburgning „Dinamo“ klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Biroq klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar tufayli Averyanov ushbu jamoada uzoq ishlamaydi va 2010-yil 15-aprelida oʻz xohishi bilan klubni tark etadi.
Averyanovning katta oʻgʻli Aleksandr Averyanov ham futbol sohasida faoliyat olib boradi. U, asosan, otasi murabbiylik qiladigan jamoalar tarkibida oʻyinlarda maydonga tushadi. Jumladan, futbolchi:
Kichik oʻgʻli Nikolay[2] ham futbol bilan shugʻullanadi va maydonda yarim himoyachi sifatida oʻyin olib boradi. Futbolchi otasi murabbiylik qiluvchi Orenburgning „Gazovik“, „Dinamo“ Sankt-Peterburgning „Oryol“ va „Znamya Truda“ klublarida faoliyat koʻrsatgan.
2010-yilda Averyanovga jigar kistasi tashxisi qoʻyiladi[3][4]. 2021-yilning 15-iyun kuni 72 yoshida vafot etadi[5].
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |