Artyom Kacher | |
---|---|
Kacher 2021-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Артём Ареста́кович Качаря́н 17-avgust 1988-yil |
Janrlar | rep, pop, hip hop |
Kasbi | ashulachi |
Faoliyat yillari | 2016-hozirgacha |
Leybllar | Self Made Music |
Fuqaroligi | Rossiya |
Veb-sayt | http://artemkacher.ru/ |
Artyom Kacher (haqiqiy ismi Artyom Arestakovich Kacharyan[1]; 1988-yil 17-avgust, Vladikavkaz, RSFSR, SSSR) – rossiyalik qoʻshiqchi, rep ijrochi[2][3][4][5][6].
Boʻlajak musiqachi 1988-yil 17-avgustda Vladikavkazda tugʻilgan. Artyom Asher va Timbalandni oʻzining „otalari“ va rep olamiga asosiy yoʻlboshchilari deb ataydi. Ota-onasi yosh sanʼatkorning istaklarini maʼqullamagan. Ular oʻgʻlining Shimoliy Osetiya davlat universitetiga, yuridik fakultetga kirishini talab qilishardi.
Aynan talabalik yillarida Artyom ijod qilishni xohlayotganini tushundi. Turli yoshlar festivallari, shu jumladan KVN uni bunday qarorga kelishga undadi. Unga musiqa bilan shugʻullanish yoqib qoldi.
Artyom oʻzining musiqiy karyerasini 2011-yilda boshlagan. Dastlab u „Faktor A“ shousida ishtirok etdi, u yerda Lolita Milyavskaya koʻmagida finalga chiqdi, ammo magʻlub boʻldi. Bir yil oʻtgach, 2012-yilda „Ovoz“ loyihasida ishtirok etdi.
2016-yilda Artyom Rossiyada mashhur prodyuser va ijrochi Artyom Umrixinning (hammaga Artik nomi bilan tanilgan va Artik & Asti dueti vakili) „Self Made Music“ yorligʻiga taklif qilindi.
Jigan bilan birga yozilgan „DNK“ qoʻshigʻi uchun Artyom oʻzining birinchi „Oltin grammofoni“ni oldi. Keyin esa „Grustniy Dans“ mukofotini ham qoʻlga kiritdi.
Qoʻshiqchi Sasha Evans nomi bilan ham tanilgan model Sasha Rabajiyeva bilan 2022-yil 17-yanvarda oila quradi. Ular 2017-yilda oʻz ona shahri Vladikavkazda tanishgan va toʻqqiz yillik yosh farqiga qaramay, bir-birlariga yoqib qolishgan.
2023-yil aprel oyida ular oʻgʻil farzandli boʻlishdi, ota-onasi unga Ares deb ism qoʻyishdi.
Nomi | Maʼlumot | Eslatma | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Odin na odin |
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Budu tebya lyubit |
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
KAChYeR |
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Devochka, ne plach |
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fevral |
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Siyay |
|
|
Nomi | Maʼlumot | Eslatma | ||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
DRAMA ― EP |
|
|