Asila Mirzayorova | |
---|---|
![]() Asila Mirzayorova 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | Asila Ubaydulla qizi Mirzayorova |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
3-iyul 1999-yil Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston |
Mukofotlar |
![]() |
Sport | |
Qaysi sport | para yengil atletika |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari | ||
Kumush | Tokio 2020 | uzunlikka sakrash T11 |
Oltin | Parij 2024 | uzunlikka sakrash T11 |
Jahon chempionati | ||
Oltin | Parij 2023 | uzunlikka sakrash T11 |
Oltin | Kobe 2024 | uzunlikka sakrash T11 |
Asila Ubaydulla qizi Mirzayorova (1999-yil 3-iyul, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning uzunlikka sakrash yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida kumush medali sovrindori, Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida bronza medali sohibasi. Shuningdek, Paralimpiya chempioni[1].
Asila 1999-yilda Qarshi shahrida tugʻilgan[2]. 15 yoshiga qadar u mutlaq koʻrish qobiliyatiga ega boʻlgan va musiqa maktabida pianino chalishni oʻrgangan. Boshidan olgan jarohatdan soʻng koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan va keyinchalik sport bilan shugʻullana boshlagan[3].
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) tahsil olgan[manba kerak].
2021-yilda Oʻzbekiston belgisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[4]. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan unga Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni berilgan[5].
2016-yildan murabbiy Sardor Abduxoliqov rahbarligida paralimpiya sporti bilan shugʻullana boshlagan. 2017-yildan boshlab xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlagan[6]. Oʻsha yili paraatletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻolib chiqdi[7]. Oʻsha yili oʻsmirlar oʻrtasidagi Para-Osiyo oʻyinlarida uzunlikka sakrashda oltin medalni qoʻlga kiritgan[8]. 2018-yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida uzunlikka sakrashda 4,47 metr natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2019-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida (HPK) 4,44 metr natija bilan yettinchi oʻrinni egallagan[9][10].
2021-yilda Dubayda (BAA) Paralimpiya yengil atletika boʻyicha Gran-pri bosqichida uzunlikka sakrash boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan[11]. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida T11 toifasida uzunlikka sakrash bahslarida 4,91 metrga sakrab, oʻyinlarning kumush medalini qoʻlga kiritgan[12].
2023-yilda Parij shahrida Para yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida uzunlikka sakrash T11 boʻyicha ayollar oʻrtasida 5,13 metrga sakrash bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[13]. Ushbu natija bilan Asila Mirzayorova 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi[14].
2024-yilgi Parij Paralipiadasida uzunlikka sakrash bahsida 5,24 metrga sakrab, musobaqa rekordini yangiladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.