Masjid | |
Baytul Makmur Meulaboh masjidi
| |
Fayl:Meuseujid Raya Meulabôh.JPG | |
Masjidning umumiy koʻrinishi | |
Mamlakat | Indoneziya |
Koordinatalar | 4°09′32″N 96°07′29″E / 4.158785°N 96.124813°E |
Asosiy sana: 1999
|
Baytul Makmur Meulaboh masjidi (indonezcha: Masjid Agung Baitul Makmur Meulaboh) Indoneziyanin Achex provinsiyasi Meulaboh shahrining gʻarbiy sohilida joylashgan eng katta masjid.
Masjid arab va hind meʼmorichiligining uygʻunlik uslubiga ega, shuningdek, masjid gumbazidagi qizil gʻisht bilan birlashtirilgan yorqin jigarrang ranglar aralashmasiga ega. Masjidning asosiy elementlaridan biri kichikroq oʻlchamdagi ikkita suv minorasi bilan yonma-yon joylashtirilgan uchta asosiy gumbazidir. Barcha gumbazlarning yuqori qismi yumaloq va uchli boʻlib, Yaqin Sharq va Osiyo meʼmorchiligi uygʻunligi asnosida islom meʼmorchiligiga xos qilib qurilgan. Bu masjid 2012-yilda qayta taʼmirlangan va ikkita yangi minora qoʻshilgan. Yaqin Sharq meʼmorchiligining oʻziga xos uslubi mehrab shaklida ham koʻrinadi. Mehrobda islomiy maxsus bezaklarda bronza materialiga xos boʻlgan jigarrang va oltin ranglar ustunlik qiladi.
Meʼmoriy xususiyatlarning uygʻunligi Baytul Makmur Meulaboh masjidini Indoneziyadagi 100 ta eng goʻzal masjidlar qatoriga kiritadi, bu qoʻllanma Teddy Tjokrosaputro va Aryananda tomonidan yozilgan boʻlib PT Andalan Media nashrida avgust 2011-yil avgust oyida chop etilgan[1][2].