„Belong to the World“ | ||||
---|---|---|---|---|
The Weeknd singli | ||||
„Kiss Land“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 16-iyul, 2013-yil | |||
Yozib olingan | 2013-yil | |||
Janr |
| |||
Davomiyligi | 5:07 | |||
Leybl |
| |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
The Weeknd singllar xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
"Belong to the World" YouTubeda |
"Belong to the World" – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning Kiss Land (2013) nomli birinchi studiyaviy albomidagi qoʻshigʻi. Qoʻshiq albomning ikkinchi singli sifatida 2013-yil 16-iyulda chiqqan.
2013-yil 6-iyulda The Weeknd „Belong to the World“ni Kanadaning Ontario shtati, Toronto shahridagi Mod Club teatrida keng jamoatchilikka taqdim etdi[1]. Qoʻshiq soʻzlari notoʻgʻri odamni sevib qolish haqida boʻladi va The Weekndda bir paytlar boʻlgan jiddiy munosabatlar haqida gapiriladi[2].
"Belong to the World" qoʻshigʻiga klip birinchi marta 2013-yil 15-iyulda MTVda namoyish etilgan[3]. Keyinchalik u 2013-yil 16-iyul kuni YouTubedagi The Weekndning Vevo akkauntiga yuklangan. Video Yaponiyada suratga olingan boʻlib, Antony Mandler rejissyorlik qilgan. Hozirgacha u 23 million marta koʻrilgan.
Portishead guruhidan Geoff Barrow uning „Machine Gun“ qoʻshigʻida qoʻllangan barabanli sempl ularning ruxsatisiz ishlatilinganlikda ayblashi tufayli qoʻshiq bahs-munozaralarga sabab boʻldi[4]. Keyinchalik The Weeknd ayblovlarni rad etdi va buning natijasida sudga hech qanday daʼvolar kelib tushmadi[5].
Grafik (2013) | Eng yuqori
oʻrin |
---|---|
AQSH Bubling Under R&B/Hip-Hop Singles (Billboard)[6] | 7 |
AQSh Hot R&B Songs (Billboard)[7] | 22 |
Hudud | Sana | Format | Leybl(lar) | Man |
---|---|---|---|---|
Global | 2013-yil 16-iyul | Raqamli yuklab olish |
|
[8] |