Manzili | Buxoro, Oʻzbekiston |
---|---|
Sigʻimi | 22,700[1] (Futbol) |
Maydon oʻlchami | 105×68 m |
Chim turi | Tabiiy maysazor |
Konstruksiya | |
Qurilgan | 2002 |
Ochilgan | 2002 |
Yangilangan | 2013 |
Ijarachilar | |
Buxoro |
Buxoro Sport Majmuasi tarkibiga kiruvchilar va „Buxoro Arena“ Oʻzbekistonning Buxoro shahridagi koʻp maqsadli stadionning biridir[2]. Stadiondan asosan Buxoro futbol klubi futbol oʻyinlarida foydalangan[3].
Sport majmuasi 2002-yilda Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan Universiada musoboqalarining Buxoro shahrida mezbonligdagi oʻyinlar[4] uchun maxsus qurilgan[5]. Qurilish ishlari 2000-yilda boshlangan 2002-yilda yakunlanib, shu yil Universiada musoboqasining asosiy arenasi sifatida ochilgan. Stadion koʻp maqsadli trazda qurilgan boʻlib, boshqa musobaqalari uchun ham foydalanilgan. Stadion sigʻimi 22 700 kishiga moʻljallangan[6].
Universiada musoboqasi yakunlanganidan soʻng viloyatning asosiy jamoasi „Buxoro“ futbol klubi stadiondan foydalanishni boshlagan.
2011-yilda Oʻzbekiston 2012-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati mezbonligi tanlovida gʻolib chiqdi va Buxoro arenasi mezbonlik qilishi kerak boʻlgan yettita stadiondan biri boʻlgan. Keyinchalik Oʻzbekiston musoboqaga tayyorgarlikni kerakli darajada olib bormaganligi sababli FIFA tomonidan mezbonlik 2011-yil 18-dekabrda bekor qilindi[7][8] va U-20 jahon chempioanti mezboni sifatida Yaponiya tanlangan. 2012-yil mart oyida „Buxoro Sport Majmuasi“ stadioni „Buxoro Arena“ nomiga oʻzgartirilgan.
Arena shuningdek, Oʻzbekistonda oʻtkaziligan U 20 Osiyo chempionatiga mezbon stadionlardan biri sifatida tanlab olingan[9]. Yakunda stadionning tayyorgarlik darajasi pastligi sababli mezbon stadionlar roʻyxatiga kiritilmadi.
Turli yillarda stadionda taʼmirlash ishlari olib borilgan[10][11][12]. Buxoro stadioni Oʻzbeksiton futbol musboqalarida eng koʻp muxlis tashrif buyuradigan stadionlardan biri hisoblanadi[13].
Ushbu arena koʻp funksiyali stadion hisoblanadi. Alohida plastik oʻrindiqlar bilan jihozlangan tribunalar 22 700 tomoshabinga moʻljallangan. Stadionning yugurish yoʻlaklari zamonaviy sirtga ega. Stadion yoritish tizimi[14] 1800 luyks[15][16]. Buxoro Sport majmuasida Nogironligi bor muxlislar uchun 1000 ta alohida joy ham bunyod qilingan. Bu borada Oʻzbekiston Superligasi Stadionlari ichida peshqadam hisoblanadi[17].
2022-yilgi mavsum boshida OʻzPFL tomonidan Oʻzbekiston Kubogi 2022-yilgi mavsum musoboqa finali uchun stadionlar tanlovida „Buxoro arena“si gʻolib boʻlgan[18]. Shu yilning 30-oktyabrida Buxoro shahrida final oʻyini boʻlib oʻtgan[19]. Final oʻyinida Qarshining „Nasaf“ va Namanganning „Navbahor“ jamoalar oʻynagan. Final oʻyini yakunda „Nasaf“ jamoasi qoʻshimch boʻlimlarda 2-1 hisobida gʻalaba qozongan.
2023-yil 12-yanvarda ilk bor stadion buzilishi va uning oʻrnida turizm shaharchasi qurilishi aytilgan[20][21]. 2024-yil 21-fevral Buxoro shahar markazidagi qurilishlar sababli stadion buzilishi boshlandi[22]. Buxoro arenasini oʻrniga Buxoro shahrining boshqa hududiga 20,000 tomoshabinni sigʻdiradigan stadion qurilishi aytilgan[23][24][25].