Egamnazar Muftillaevich Akbarov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
18-iyul 1973-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Sport | |
Qaysi sport | Dzyodo |
Faol tomoni | 2007-yil |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
Bronza | Venchjou 1999 | 73kg gacha |
Bronza | Olmaota 2004 | 73kg gacha |
Bronza | Kuvayt 2007 | 81kg gacha |
Osiyo oʻyinlari | ||
Bronza | Pusan 2002 | 73kg gacha |
Universiada | ||
Oltin | Pekin 2001 | 73kg gacha |
Egamnazar Muftillaevich Akbarov(1973-yil 18-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek dzyudochisi, 73 va 81 kilogrammgacha vazn toifalarida ishtirok etgan. XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi va Osiyo chempionatlari sovrindori, Jahon Universiadasi sovrindori.
Akbarov Egamnazar 1998-yildan buyon xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. 1999-yilda Venchjouda (Xitoy) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi[1]. 2001-yilda u Pekinda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Yozgi Universiadada 73 kg gacha vazn toifasida finalda koreyalik dzyudochi Choi Yong-sinni magʻlub etib, Universiada chempioni boʻladi[2][3]. 2002-yilda Pusan shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 73 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻladi[4]. 2002-2003-yillarda Yaponiyadagi xalqaro turnirda bronza medallarini olishga muvaffaq boʻladi.
2003-yilda Osaka shahrida (Yaponiya) dzyudo boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 73 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u faqat beshinchi oʻrinni egallab, bronza medalini oladi. 2004-yilda Akbarov Egamnazar Olma-Otada (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 73 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi[5]. U Afinada (Gresiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 73 kg vazn toifasida birinchi davradayoq kamerunlik dzyudochi Bernard Mvondo-Etogga magʻlub boʻladi[6]. Sportchimiz Chirchiq shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida 81 kilogrammgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida 81 kilogrammgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida bronza medalini olishga musharraf boʻladi.
Akbarov Egamnazar 2006-yilda Qozogʻistonda oʻtkazilgan xalqaro turnirda 81 kg vazn toifasida birinchi oʻrinni egalladi[7]. 2007-yilda esa Quvaytda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 81 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yana bir bronza medalini qoʻlga kiritadi[8]. U Rio-de-Janeyroda (Braziliya) dzyudo boʻyicha oʻtkazilayotgan jahon chempionatida 81 kilogramm vazn toifasida 1/32 finalda shveysariyalik Kristof Kellerga imkoniyatni boy berib qoʻyadi. Shundan keyin u sportdagi faoliyatiga nuqta qoʻyadi.