"Escape from LA" – kanadalik qoʻshiqchi The WeekndningAfter Hours nomli toʻrtinchi studiyaviy albomidagi qoʻshigʻi[1]. U 2020-yil 20-martda albomning oltinchi treki sifatida chiqarildi[2]. The Weeknd qoʻshiqni Carlo Montagnese va Leland Tyler Wayne bilan birgalikda yozgan va ishlab chiqargan, shuningdek, Mike McTaggart ham qoʻshiq muallifi sifatida eʼtirof etilgan.
The Weeknd Rolling Stone nashriga bergan intervyusida yana kamida uchta klip uchun ssenariylar borligi taʼkidlagan („Too Late“, „Escape from LA“ va „Faith“), ammo ularning qachon suratga olinishi nomaʼlum edi[3]. Biroq, faqat „Too Late“ uchun klip suratga olindi, „Escape from LA“ va „Faith“ videolarining taqdiri nomaʼlum.