Fabiana Rosales | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Fabiana Andreína Rosales Guerrero 1992-yil 22-aprel Venesuela, Merida |
Turmush oʻrtogʻi | Juan Guaidó |
Fabiana Andreina Rosales Gerrero[1] (ispancha: Fabiana Andreina Rosales Guerrero. 1992-yil 22-aprel, Tovar, Merida, Venesuela)[2] - venesuelalik jurnalist va ijtimoiy tarmoqlarda faol huquq himoyachisi[3]. U Milliy Assambleya prezidenti Xuan Guaydoning rafiqasi va Venesuela prezidentini mamlakatda davom etayotgan siyosiy inqirozning sababchisi sifatida qisman tan olgan[4]. Ko'pchilikni hayron qoldirgan holatda Rosales Oq uy va Venesuela Milliy Assambleyasi tomonidan Venesuelaning birinchi xonimi sifatida qabul qilinadi[5][6].
Fabiana Rosales 1992-yil 22-aprelda Tovar shahrida (Merida shtati)[7] fermer Karlos Rosales Belandria[4] va jurnalist Elsi Gerrero oilasida dunyoga keladi. Bolaligida u onasining jurnalistik faoliyatini kuzatib, ijtimoiy sohalarga qiziqib qoldi. U oilaviy fermani boshqarishga yordam berdi, shuningdek, jurnalistikani ham o'qidi[5]. Uning otasi 2013-yilda yurak xurujidan keyin vafot etdi. Rosales otasining o'limini o'sha paytda Venesuelada oziq-ovqat yetishmasligi bilan bog'laydi[5]. Uning amakivachchasi xuddi shunday sabab bilan vafot etgan, chunki unga qon quyish kerak bo'lganda donor topilmagan[4]. 2013-yilda u Marakaybodagi Rafael Belloso Chasin universitetini jurnalistika va ijtimoiy kommunikatsiyalar yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan[8]. Shundan so'ng, Rosales Merida shtatida, shahar kengashida matbuot kotibi bo'lib ishlagan va Karakasda ham xuddi shunday lavozimda ishlagan[9].
Rosales Juan Guaido bilan yoshlar mitingida uchrashishgan edi[5] va ular 2013-yilda turmush qurishdi[9]. 2017-yilda ularning qizi farzandi dunyoga keldi[7].
Universitetda o'qish paytida Rosales " Xalq irodasi " muxolifat partiyasida ishlagandi (ispancha: Voluntad Popular)[5]. Oʻzini huquq himoyachisi sifatida koʻrsatib, 2021-yil aprel holatiga koʻra Instagramda 770 000 dan ortiq obunachiga ega bo'lib oladi[3]. Rosalesning ta'kidlashicha, uning faoliyatiga turtki bo'lgan omil bu: "qizining Venesuelani tark etish istagi bilan katta bo'lishni istamasligi"[10] va u "qizi erkin Venesuela"da yashashi uchun ishlashdir[5].
Venesueladagi prezidentlik inqirozi davrida Juan Guaido Venesuela Milliy Assambleyasi tomonidan prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va bu Nikolas Maduroning qonuniy prezidentligiga qarshi chiqdi[5]. Dunyo boʻylab 50 dan ortiq hukumatlar Juan Guaidoni Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida tan oldi[11][12]. Bu bilvosita Rosalesga Venesuela birinchi xonimi oʻrniga daʼvo qilish huquqini bergan edi[2][5][13]. U Reuters agentligiga josuslar va “ hukumatparast qurolli guruhlar ” Juan Guaido va uning oilasi ortidan doimiy kuzatib yurishini aytib o'tgan[9].
The New York Times gazetasi Rosales " inqirozga uchragan mamlakatni o'zgartirishga qaratilgan, Juan Guaidoning kampaniyasida taniqli shaxsga aylanganini" yozgan[5]. U muxolifatning xalqaro elchisi rolini o'z zimmasiga oldi, muxolifat va o'z mamlakatini qo'llab-quvvatlash uchun Venesuela diasporasi va turli mintaqa rahbarlar bilan doimiy uchrashuvlar o'tkazib kelmoqda[5]. Rosales Lotin Amerikasidagi xalqaro siyosiy faoliyatini 2019-yil mart oyida boshladi. Peru va Chili prezidentlari Martin Vizkarra va Sebastyan Pinera bilan uchrashuvlar o'tkazishdan boshladi[14].
O'sha yilning 27 mart kuni Rosales Oq uyga tashrif buyurdi va u yerda AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens bilan uchrashdi[14]. U Venesueladagi inqirozning jiddiyligini takidlab, uni "erkinlik yoki diktatura, hayot yoki o'lim"[10] o'rtasidagi tanlov deb ta'rifladi. Tramp “Venesuelaning birinchi xonimini qabul qilish katta sharaf” ekanligini jurnalistlarga aytib o'tgan edi[5].