Fanat Qahramonov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
23-dekabr 1996-yil Samarqand viloyati |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Fanat Dilshodovich Qahramonov (1996-yil 23-dekabr, Samarqand, Oʻzbekistonda tugʻilgan) — oʻzbek bokschisi, oʻrta vaznda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
2018-yilda 75 kg vazn toifasida Fanat finalda Odiljon Aslonovni magʻlub etdi va Oʻzbekiston chempioniga aylandi[1][2].
2019-yilda Yekaterinburg (Rossiya) shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida moʻgʻulistonlik bokschi Davaanyamin Davaasurenni 5:0 hisobida magʻlub etgan[3][4]. 1/16 da u avstraliyalik Adrian Kammaranoni ham 5:0 hisobida magʻlub etdi. Ammo 1/8da braziliyalik Ebert Konseysanga 3:2 hisobida yutqazdi[5]. Oʻsha yili Oʻzbekiston chempionati finalida buxorolik bokschi Odiljon Aslonovga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi[6].
2020-yilda Amman shahrida (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo va Okeaniya bokschilari oʻrtasidagi lisenziya turnirida 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida Fanat Qahramonov chorak finalda eronlik bokschi Seyidshahin Musaviyga yutqazib qoʻydi[7].
Qahramonov 2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya olishga muvaffaq boʻldi. U 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi start jangida gruziyalik bokschi Giorgiy Xarabadzega qarshi ringga koʻtarilib, ishonchli gʻalabaga erishdi. 1/8-da u boks boʻyicha 2017-yilgi jahon chempionati kumush medali sovrindori qozogʻistonlik Abilxon Amanqul bilan uchrashdi. Biroq, u uni yenga olmadi va 5:0[8][9] hisobida magʻlub boʻldi.
{{citation}}
: no-break space character in |title=
at position 27 (yordam)