Gaye Adegbalola | |
---|---|
Tavalludi |
24-mart 1944-yil |
Janrlar | blyuz, kantri |
Kasbi | qoʻshiqchi, gitarachi |
Faoliyat yillari | 1984-yildan |
Leybllar | Alligator Records |
Guruhlari | Saffire – The Uppity Blues Women |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayt | http://www.adegbalola.com/ |
Gaye Adegbalola (qizlik familiyasi Todd, 1944-yil 21-mart[1], Fredericksburg, Virjiniya shtati,AQSh) – amerikalik blyuz qoʻshiqchisi va gitarachi, o‘qituvchi, LGBT faoli hamda lesbiyan.
1944-yil 21-martda Virjiniya shtatining Fredericksburg shahrida jaz musiqachilari oilasida tugʻilgan[1][2]. Gaye Boston universitetini biolog mutaxasisligi boʻyicha tamomlagan, Rokfeller universitetida biokimyo sohasida[3] va Garlem kasalxonasida bakteriolog sifatida ishlagan.
1960-yillarda Gaye fuqarolik huquqlari uchun boʻlgan harakatlarda faol ishtirok etadi, ayniqsa Nyu-Yorkdagi „Black Power Movement“ va Garlem oʻzini oʻzi himoya qilish qoʻmitasida jonbozlik koʻrsatgan. Hayotining shu davrida Gaye turmushga chiqib, oʻgʻil farzand koʻrgan. 1970-yilda Gaye turmushidan ajrashgandan soʻng Fredericksburgga qaytib keladi va u yerda teatrda oʻynashni davom ettiradi hamda maktabda biologiya va kimyo fanlaridan dars bera boshlaydi. Gaye 1982-yilda Virjiniya shtatining yil oʻqituvchisi deb eʼtirof etilgan[4].
70-yillarning oʻrtalarida Gaye Adegbalola Enn Rebson bilan uchrasha boshladi va Rebson qoʻshiqchiga gitara chalishni oʻrgata boshlaydi[5]. 1984-yilda Enn bilan birga ular duet tashkil qiladi. Toʻrt yil oʻtgach, ularga kontrabaschi ayol qoʻshilgandan soʻng, bu duet „Saffire – The Uppity Blues Women“ nomini oladi.
Baʼzi tanqidchilar bu jamoani hozirgi kunda anʼanaviy akustik blyuz ijro etuvchi ayollar guruhlari orasidagi eng yaxshisi deb hisoblaydilar.
1990-yilda guruhning „Middle Aged Blues Boogie“ qoʻshigʻi Uilyam Xendi (WC Handy Awards, Blues Music Awards) nufuzli blyuz marosimida „Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i“ nominatsiyasidagi eng yaxshi qo‘shiqlardan biri bo‘ldi. 90-yillar davomida Gaye milliy jamoat radiosida blyuz haqidagi dasturlarni olib borgan. Gaye saraton kasalligiga chalingan va kasallikdan davolanmoqda[6]. 1999-yilda „Bitter Sweet Blues“ nomli birinchi yakka albomi chiqqan.
Gaye 1991-yilda oʻzining umr yoʻldoshi Suzanne Moe bilan tanishgan[7]. 2000-yilda Geya Adegbalola „The Advocate“ jurnalida oʻzining jinsiy moyilligini oshkor etdi[8].