Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gochguli Xanglyjovich Gochguliyev | ||
Tavallud sanasi | 26-may 1977-yil | ||
Tavallud joyi |
Nebit-Dag, Turkmaniston SSR, SSSR, Turkmaniston | ||
Boʻyi | 185 sm | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Oltin Asr | ||
Raqami | murabbiy | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Nebit-dag oʻsmirlar sport maktabi | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994 1995 1996 1997-2000 1997-1998 2001 2002-2005 2006 2007-2010 2011-2012 |
Arkach Nebitchi Byuzmeyin Kopetdag Dagdan Irtish Paxtakor Qayrat Bunyodkor Gara Oltin |
( 15 (0) 80 (26) 12 (0) 31 (7) ) | |
Milliy terma jamoa | |||
2000-2012 | Turkmaniston | (26 (1)) | |
Boshqargan klublari | |||
2012-2014 2012-2014 2014 – h.v. |
MTTU Turkmaniston Oltin Asir | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Gochguli Xanglyjovich Gochguliyev (turkmancha: Goçguly Hangylyjewiç Goçgulyýew; 1977-yil 26-may, Nebit-Dag, Turkmaniston SSR, SSSR) — futbolchilik faoliyatini yakunlagan turkman futbolchisi, himoyachi sifatida oʻynagan, hozirda „Oltin Asr“ klubida bosh murabbiy[1].
Balkanobod shahridagi Yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Oʻz faoliyatini 1994-yilda „Arkach”da boshlagan. Keyinchalik Turkmanistonning „Balkan“, „Byuzmeyin“, „Kopetdag“ kabi klublarida toʻp surgan. 2001-yilda Qozogʻistonning „Irtish“ klubida oʻynagan.
2002-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida Oʻzbekiston chempionatida debyut qilgan. „Paxtakor“da 4 karra Oʻzbekiston chempioni (2002, 2003, 2004, 2005) boʻlgan.
2006-yili Qozogʻistonning „Qayrat“ klubiga oʻtgan. U yerda bir mavsum oʻtkazdi va 2007-yilda ikkinchi davradan Oʻzbekistonga qaytib, 2010-yilgacha Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida toʻp surdi.
2011-yilda vatani Balkanobodga qaytib, mahalliy „Gara Oltin“[2] futbolchisiga aylandi, 2012-yilda futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunladi.